Eron — Tojikiston munosabatlari
Eron — Tojikiston munosabatlari — Eron va Tojikiston oʻrtasida ikki tomonlama diplomatik aloqalar. Sovet Ittifoqi qulaganidan beri, ikki mamlakat yaqin va mustahkam aloqada boʻlib kelmoqdalar va buning asosiy sababi ikki davlat ham forsiyzabon davlatlar qatoriga kiradi va Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod „Ikki tanada bir ruh“ deb taʼkidlagan edi[1].
Eron |
Tojikiston |
Tojikiston mustaqilligi
tahrirEron Dushanbeda elchixona tashkil qilgan birinchi davlat boʻlgan edi. Shuningdek, 1991-yilda yangi mustaqil boʻlgan Tojikistonni birinchilardan boʻlib tan oldi. Eron diplomatik yordam koʻrsatdi va Tojikiston ichida yangi masjidlar qurdi. Tojikistonda fors madaniyati va fors tilining tiklanishi tufayli Eron konferensiyalar, ommaviy axborot vositalari va film festivallari orqali madaniy almashinuvni ragʻbatlantirishga yordam berdi. Tojikistonda Eron televideniya dasturlari, jurnallari va kitoblari tobora keng tarqaldi.
Biroq, millatlarning koʻpgina oʻxshash jihatlariga qaramay, juda katta farqlar ham mavjud edi. Tojikistonda kommunizmdan keyingi davlat dunyoviy, Eron esa islomiy davlat edi. Bundan tashqari, Eron asosan shia mazhabi, Tojikiston esa sunniy mashabidadir. Tojikistondagi Islomiy tiklanish harakatining yetakchi arboblari Eron ular uchun Islomni qoʻllab-quvvatlaydigan har qanday Islom hukumati uchun namuna boʻlmasligini taʼkidladilar.
Tojikiston fuqarolar urushi
tahrirTojikistonda fuqarolar urushi paytida Eron ikki guruh oʻrtasida vositachilik qilishni taklif qildi, ammo bu harakatlar hech qanday muzokaralarga olib kelmadi. 1995-yilda Tojikiston Tehronda elchixonasini ochdi. Oʻshandan beri aloqalar mustahkamlanib bordi, chunki ikki mamlakat energetika sohasida hamkorlik qilmoqda va har ikki davlat rasmiylari mustahkam aloqalarni qoʻllab-quvvatlaydilar[2].
Savdo
tahrir2011-yil holatiga koʻra Tojikistonga investitsiya kiritish boʻyicha Eron Xitoydan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.