Eron Ozarbayjoni
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Eron Ozarbayjoni yoki Janubiy Ozarbayjon (forscha: آذربایجان ایران; ozarbayjoncha: Cənubi Azərbaycan / جنوبی آذربایجان) — Eron Islom Respublikasining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan tarixiy, geografik, etnografik va siyosiy oʻlka yoki viloyat. Eronning 4 ta ustoni: Ardabil, Gʻarbiy Ozarbayjon, Sharqiy Ozarbayjon va Zanjon hududlarini oʻz ichiga oladi. Shimoldan Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi bilan, gʻarbdan Turkiya Respublikasi, sharqdan Kaspiy dengizi, janubdan Eronning Qurdiston, Hamadon, Qazvin va Gilon ustonlari bilan chegaradosh. Ushbu hududlarda Erondagi ozarbayjonlarning asosiy qismi istiqomat qiladi.
Manbalar
tahrir- "Azerbaijan" (Columbia Encyclopedia, 6th edition; 2001–05) (Wayback Machine saytida 2006-05-17 sanasida arxivlangan)