Erta homiladorlik
Erta homiladorlik (shuningdek, erta tugʻruq, oʻsmirlik davri homiladorligi yoki oʻsmirlik homiladorligi deb ham ataladi) — 20 yoshgacha boʻlgan ayol jinisga mansub shaxslarda uchrovchi homiladorlik holati. Ushbu holatlar sirasiga oʻz mamlakatida qonuniy ravishda voyaga yetgan shaxslar bilan sodir boʻlgan vaziyatlar kiradi[3]. JSST oʻsmirlar deb 10-19 yosh oraligʻidagi kishilarni hisoblaydi[4]. Homiladorlik tuxum hujayralarining tuxumdondan tana boʻshligʻiga chiqish (ovulyasiya) jarayoni boshlanganidan soʻng, dastlabki hayz kuni oʻtkandan keyingi davrdagi jinsiy aloqa davomida sodir boʻlishi mumkin[5]. Organizmi sogʻlom, yaxshi rivojlangan qizlarda ilk hayz holati odatda 12 yoshda sodir boʻladi[6].
Erta homiladorlik | |
---|---|
Sinonimlari | oʻsmirlik davri homiladorligi, erta tugʻruq, oʻsmirlik homiladorligi |
AQSh hukumatining erta homiladorlik haqidagi plakati. Qoʻshma Shtatlarda har kuni 1100 dan ortiq oʻsmir qizlar tugʻruqni boshdan kechirishadi[1]. | |
Belgilari | 20 yoshdan kichik davrda uchrovchi homiladorlik |
Mutaxassislik | Akusherlik |
Alomatlar | Eklampsiya, tugʻruq isitmasi, erta tugʻilish |
Oldini olish | Jinsiy taʻlim, homiladorlikdan saqlanish, abstinensiya |
Uchrash tezligi | yiliga 23 million (dunyo miqyosida)[2] |
Homilador oʻsmirlar keksa ayollar kabi homiladorlik bilan bogʻliq koʻplab muammolarga duch kelishadi. 15 yoshgacha boʻlganlar uchun qoʻshimcha tashvishlar mavjud, chunki ular sogʻlom homiladorlikni saqlab qolish yoki tugʻish uchun jismoniy jihatdan kamroq rivojlangan boʻlishadi[7]. 15-19 yoshdagi qizlar uchun xavf yoshning biologik taʼsiridan koʻra koʻproq ijtimoiy-iqtisodiy kabi omillar bilan bogʻliqdir[8]. Kam vazn bilan yoki erta tugʻilish, kamqonlik (anemiya) va preklampsiya kabi xavflar qizlarning 16 yoshga toʻlgunga qadar biologik yoshiga bogʻliq emas[9][10].
Oʻsmirlar homiladorligi ijtimoiy muammolar, jumladan, past sifatli taʼlim va qashshoqlik bilan uzviy bogʻliq. Rivojlangan mamlakatlarda oʻsmirlik homiladorligi odatda nikohdan tashqarida boʻlib, koʻpincha ijtimoiy stigma bilan bogʻliq boʻladi[11]. Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa erta homiladorlik koʻpincha nikohdan keyinda sodir boʻladi va yarim rejalashtirilgan hisoblanadi. Biroq, bu jamiyatlarda erta homiladorlik toʻyib ovqatlanmaslik va sifatisz sogʻliqni saqlash tizimi bilan birlashib, tibbiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Jinsiy taʼlimga oid tadbirlar hamda homiladorlikdan saqlanish vositalaridan foydalanish oʻsmirlik davrida kuzatiluvchi kutilmagan homiladorlik holatlarini kamaytirishi mumkin[12][13].
2015-yilgi koʻrsatgichlarga koʻra, har 1000 nafar ayolning 47 nafari 20 yoshigacha farzand koʻrishgan. 2015-yildan 2021-yilgacha dunyo boʻylab oʻsmir qizlar va yosh ayollarning taxminan 14 foizi 18 yoshdan oldin tugʻishgani maʼlum qilingan[14]. Bu kabi jarayonlar tarixan Afrikada yuqori, Osiyoda esa pastroq boʻlgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda har yili 16 yoshgacha boʻlgan 2,5 million ayol va 15 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan 16 million ayol farzandli boʻladi. Bundan tashqari 3,9 million kishi homilasini abort qildiradi. Bu qishloq joylarida shaharlarga qaraganda koʻproq uchraydi. Butun dunyoda homiladorlik bilan bogʻliq asoratlar 15 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻlimining eng koʻp uchraydigan sababdir[2].
2021-yilda dunyo boʻylab 13,3 million chaqaloq yoki jami chaqaloqlarning qariyb 10 foizining onalari 20 yoshgacha boʻlgan qizlar hisoblanadi[15].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Hamilton, Brady E.; Ventura, Stephanie J. (April 10, 2012). "Birth Rates for U.S. Teenagers Reach Historic Lows for All Age and Ethnic Groups". NCHS Data Brief (Centers for Disease Control and Prevention) (89): 1–8. PMID 22617115. https://www.cdc.gov/nchs/data/databriefs/db89.htm. Qaraldi: April 18, 2012.Erta homiladorlik]]
- ↑ 2,0 2,1 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedWHO2018
- ↑ Adolescent Pregnancy. World Health Organization, 2004 — 5-bet. ISBN 978-9241591454. Qaraldi: 2017-yil 28-iyul.
- ↑ „Adolescent health“ (en). www.who.int. Qaraldi: 2022-yil 7-noyabr.
- ↑ „Can a Girl Get Pregnant if She Has Never Had Her Period?“.
- ↑ „Medscape: Medscape Access“.
- ↑ Mayor S (2004). "Pregnancy and childbirth are leading causes of death in teenage girls in developing countries". BMJ 328 (7449): 1152. doi:10.1136/bmj.328.7449.1152-a. PMID 15142897. PMC 411126. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=411126.
- ↑ Makinson C (1985). "The health consequences of teenage fertility". Family Planning Perspectives 17 (3): 132–139. doi:10.2307/2135024. PMID 2431924.
- ↑ "Poor obstetric performance of teenagers: Is it age- or quality of care-related?". Journal of Obstetrics & Gynaecology 24 (4): 395–398. 2004. doi:10.1080/01443610410001685529. PMID 15203579.
- ↑ Raatikainen, Kaisa; Heiskanen, Nonna; Verkasalo, Pia K.; Heinonen, Seppo (2006-04-01). "Good outcome of teenage pregnancies in high-quality maternity care" (en). European Journal of Public Health 16 (2): 157–161. doi:10.1093/eurpub/cki158. ISSN 1464-360X. PMID 16141302. http://academic.oup.com/eurpub/article/16/2/157/505752/Good-outcome-of-teenage-pregnancies-in-highquality.
- ↑ „Young mothers face stigma and abuse, say charities“. BBC News (2014-yil 25-fevral).
- ↑ Oringanje, Chioma; Meremikwu, Martin M; Eko, Hokehe; Esu, Ekpereonne; Meremikwu, Anne; Ehiri, John E (3 February 2016). "Interventions for preventing unintended pregnancies among adolescents" (en). Cochrane Database of Systematic Reviews 2016 (2): CD005215. doi:10.1002/14651858.cd005215.pub3. PMID 26839116. PMC 8730506. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=8730506.
- ↑ International technical guidance on sexuality education: An evidence-informed approach. Paris: UNESCO, 2018 — 18-bet. ISBN 978-92-3-100259-5.
- ↑ „Early childbearing can have severe consequences for adolescent girls“. UNICEF (2022-yil dekabr).
- ↑ United Nations. Department of Economic and Social Affairs. World Population Prospects 2022. Summary of Results, New York.
Koʻproq oʻqish
tahrir- Armstrong, Bruce „Adolescent Pregnancy“, . Handbook of Social Work Practice with Vulnerable and Resilient Populations, 2nd Alex Gitterman: , New York, NY: Columbia University Press, 2001. ISBN 978-0-231-11396-0.
- Baker, Philip. Teenage Pregnancy and Reproductive Health. RCOG, 2007. ISBN 978-1-904752-38-7.
- Checkland, David and James Wong. Teen Pregnancy and Parenting: Social and Ethical Issues. Toronto, Canada; Buffalo, NY: University of Toronto Press, 1999. ISBN 978-0-8020-4215-6.
- Dash, Leon. When Children want Children: The Urban Crisis of Teenage Childbearing, 1st Illinois paperback, Urbana, IL: University of Illinois Press, 1989. ISBN 978-0-252-07123-2.
- Erickson, Pamela I.. Latina Adolescent Childbearing in East Los Angeles. Austin, TX: University of Texas Press, 1998. ISBN 978-0-292-72093-0.
- Kaplan, Elaine Bell. Not Our Kind of Girl: Unraveling the Myths of Black Teenage Motherhood. Berkeley, CA: University of California Press, 1997. ISBN 978-0-520-08736-1.
- Harris, Irving B.. Children in Jeopardy: Can We Break the Cycle of Poverty?. New Haven, CT: Yale Child Study Center: Distributed by Yale University Press, 1996. ISBN 978-0-300-06892-4.
- Luker, Kristin. Dubious Conceptions: The Politics of Teenage Pregnancy. Cambridge, MA: Harvard University Press, 1996. ISBN 978-0-674-21702-7.
- Rhode, Deborah L. „Politics and Pregnancy: Adolescent Mothers and Public Policy“, . The Reproductive Rights Reader Nancy Ehrenreich: . New York, NY: New York University Press, 2007. ISBN 978-0-8147-2230-5.
- Seitz, Victoria „Adolescent Pregnancy and Parenting“, . Children, Families, and Government: Preparing for the Twenty-First Century Edward Zigler: . New York, NY: Cambridge University Press, 1996. ISBN 978-0-521-24219-6.
- Silverstein, Helena. Girls on the Stand: How Courts Fail Pregnant Minors. New York, NY: New York University Press, 2007. ISBN 978-0-8147-4031-6.
Havolalar
tahrirWikimedia Commonsda Erta homiladorlik mavzusiga oid fayllar bor. |
- Erta homiladorlik Curlie katalogida
- Erta homiladorlikdan saqlanish Curlie katalogida