Ervin Umerov
Ervin Osmanovich Umerov (1938-yil 1-may, Qrim ASSR, Yana-Sala qishlogʻi[1] — 2007-yil 24-fevral, Moskva) — qrim-tatar yozuvchisi, jurnalist, tarjimon.
Ervin Osmanovich Umerov | |
---|---|
Tavalludi |
1-may 1938-yil Qrim ASSR, Yana-Sala qishlogʻi |
Vafoti |
24-fevral 2007-yil (68 yoshda) Moskva |
Kasbi | qrim-tatar yozuvchisi, jurnalist, tarjimon |
Tarjimai hol
tahrirErvin 1938-yil 1-may sanasida Qrimda xizmatchi (oʻqituvchi) oilasida tugʻilgan. 1944-yilda oilasi repressiyaga uchragach, ota-onasi bilan birga Oʻrta Osiyoga, Oltiariq tumani (Oʻzbekiston SSR, Fargʻona viloyati) Palasan qishlogʻiga surgun qilingan. Yosh Ervin Oltiariq viloyati markazida Palasandan olti kilometr uzoqlikda A.S.Pushkin nomidagi 1-sonli oʻrta maktabda ta’lim olib, uni 1957-yilda tamomlagan. Vaqt oʻtishi bilan neftni qayta ishlash zavodida chilangar, soʻng viloyat statistika boshqarmasida inspektor boʻlib ishlagan.
1960-yilda doʻsti Emil Amit bilan birga Moskvadagi A.M.Gorkiy nomidagi Adabiyot institutiga oʻqishga kirdi. Shundan keyin 5 yil davomida “Lenin bayrogʻi” (Toshkent – Oʻzbekiston Kompartiyasi MK organi, qrim-tatar tilida nashr etiladigan) gazetasida adabiy xodim boʻlib ishladi. Butunittifoq radiosi adabiy eshittirish bosh tahririyati SSSR xalqlari adabiyoti boʻlimi muharriri, keyinchalik 1976-yildan nafaqaga chiqqunga qadar “Bolalar adabiyoti” nashriyotining SSSR xalqlari adabiyoti boʻlimi katta muharriri lavozimlarida ishlab keldi.
Umerov 1966-yildan SSSR Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, 1978-yildan SSSR Yozuvchilar uyushmasi a’zosi edi.
Umerovning qizi Edina ssenariychi va rejissor.
Jurnalist 1980-yillarning oxirida Qrimga koʻchib oʻtdi. 1993-yildan buyon Simferopolda yashagan, uy-joy olish uchun navbatda turgan. Umerov 2007-yil 24-fevralda ogʻir xastalikdan keyin Moskvada vafot etdi va Qrimda dafn qilindi.
Ijodiy faoliyati
tahrirU ijodini jurnalistika sohasidan boshlagan: Fargʻona viloyat gazetalarida qishloq muxbiri sifatida faoliyat yuritgan. 1959-yili Oʻzbekiston SSR badiiy adabiyoti nashriyoti tomonidan Moskvada oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston san’ati va adabiyoti dekadasida nashr etilgan Qrim-tatar adiblarining “Umrimiz kunlari” toʻplamida uning hikoyasi chiqqan.
Yozuvchi oʻzining deportasiyaga munosabatini “Yolgʻizlik”, “Qora poyezd”, “Ijozat” (1960-yillar oxirida yozilgan) hikoyalarida ifodalagan, mazmun jihatdan oʻsha paytlarda chop etilishi mumkin boʻlmagan va qoʻlda yozilgan „Yolgʻizlik“ hikoyasi alohida e’tirofga loyiq deb topilgan.
Ervin 40 yildan ortiq adabiy faoliyati davomida u SSSR respublikalari turkiyzabon yozuvchilarining 50 dan ortiq kitoblarida - mualliflik va rus tiliga tarjima qilingan asarlarini nashr etgan.
Umerov 2002-yilda Moskvadagi „Tekst“ nashriyoti Soros jamgʻarmasi koʻmagida deportasiya mavzusiga bagʻishlangan va hujjatli hikoyalarni oʻz ichiga olgan „Qora poyezd“ toʻplamini chop etdi.
Manbalar
tahrir- ↑ Ныне — Рогово, Красногвардейский район Крыма.
Adabiyotlar
tahrir- Нагаев С. Юрек араретинен яза // Яшлыкъкъахас дуйгъунен. — Ташкент, 1979. — С. 30-43.
- Сеферова Ф. А. Оппозиция «эгоизм-альтруизм» в произведениях Э. Умерова // Этические идеалы крымскотатарской прозы 60-80-х гг. XX века. — Симферополь, 2009. — С. 160—182.
- Шукур С. Памяти писателя Эрвина Умерова // Литературный Крым. — 2007, 9 марта. — С. 12.
- Эрвин Умеров (1938—2007), писатель // Календарь знаменательных и памятных дат крымскотатарского народа : 2013 / Сост.: Д. Белялова. — Симферополь, 2012. — С. 21-22.
Havolalar
tahrir- {{{заглавие}}}. Архивировано 3 aprel 2013 года.