Eshonguzar
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Eshonguzar (1977-1990-yillarda Kalinin posyolkasi) — Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Toshkent shahriga jan.dan (kichik halqa yoʻl orqali) chegaradosh. Yaqin transport yoʻli stansiyasi — Oʻrtaovul (16 km). Aholisi 8,9 ming kishi (2004). E. nomining kelib chiqishini mahalliy rivoyatlar 17-asrda yashagan Madali eshon bilan bogʻlaydilar. Shaharchada "Regionalgeologiya" aksiyadorlik jamiyati, tuman gaz taʼminoti, elektr tarmogʻi idoralari, aloqa uyi, "Turon" mini banki binosi, kichik ishlab chiqarish sexlari, "Otalar choyxonasi", "Hunarmandlar bozori", supermarket, universal va xususiy doʻkonlar, mehmonxona faoliyat koʻrsatadi. 2 umumiy taʼlim maktabi, Toshkent bank hisobkredit kasb-hunar kolleji, qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji mavjud. Markaziy, bolalar kutubxonalari, "Baxt uyi", musiqa maktabi, stadion va boshqalar sport inshootlari, "Algoritm" tibbiysanitariya qismi, tugʻruqxona, bolalar poliklinikasi, teritanosil kasalliklari dispanseri, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar bor. "Semurgʻ" sanatoriysi mavjud. "Istiklol" gaz. chiqariladi. E. transport yoʻllari orqali Toshkent shahri hamda Zangiota tumanining boshqa aholi punktlari bilan bogʻlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |