Eshoni pir madrasasi – Buxoro madrasasi. Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Madrasa
Eshoni pir madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Manzil Eshoni pir koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Oʻrta
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Ishoqxoja Dahbediy
Homiylar Ishoqxoja Dahbediy
Asosiy sana:
XVIII asr oʻrtalari
Maqomi davlat himoyasida[1]
Hujralar soni 52
Qurilish materiali Pishiq gʻisht

Tarixi

tahrir

Eshoni pir madrasasi XVIII asr oʻrtalarida Eshoni pir guzari (Xojagi)da[2], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi asoschisi Muhammad Rahimbiy davrida Ishoqxoja Dahbediy tomonidan bunyod etilgan. Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid koʻplab vaqf hujjatlarini aniqlagan. Vaqf hujjatlarining koʻchirma nusxasi Amir Shohmurod davrida koʻchirilgan. Vaqf hujjatida madrasa Xojagi guzarida, pishiq gʻishtdan bunyod etilgan, ichki va tashqi hovlisi, hujralar, gʻarbiy tarafida masjid joylashgan boʻlgan. Ushbu madrasaga oid koʻplab savdo doʻkonlari va yerlar vaqf qilingan. Jumladan madrasa uchun Xoja Abdulloh Safedmoʻy guzarida 1 ta qassoblik doʻkoni va Komi Abu Muslimda Raboti Kuraviy mavzesida 25 tanob yer vaqf qilingan. Hujjat Buxoro amiri Amir Shohmurod davrida qayta tiklangan va madrasa uchun Ashurjon Qofilaboshi ibn Muhammad Rahimjon mutavvali qilib tayinlangan. Madrasaga uzrli sababsiz 2 oyu 10 kun darslarda ishtirok etmaganlar haydalgan. Mazkur vaqf hujjati 1794—1795-yillarda koʻchirilgan. Madrasa faoliyatiga doir toʻrtta vaqf hujjati topilgan. Madrasada faoliyat olib borgan bir qator mudarrislar vaqf hujjatlarida yozib qoldirilgan. Jumladan mulla Abdurahim, mulla Bobonazar, mulla Komilxoja kabilar faoliyat olib borishgan[3]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 18 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[4].

Meʼmorchiligi

tahrir

Eshoni pir madrasasi 52 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
  2. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  3. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. 
  4. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.