Eshonquli dodxoh madrasasi – Shayx Hovandi Tohur majmuasi tarkibidagi madrasa. Bugungi kunda ushbu bino saqlanib qolmagan.

Tarixi

tahrir

Bino 1840-yilda Turkiston hokimi Eshonquli dodxoh tomonidan qurilgan. Madrasa Yunusxon madrasasining janubi-sharqida, hozirgi Navoiy koʻchasining oʻrnida boʻlgan Katta koʻcha boʻyida joylashgan. U Shayx Hovandi Tohurning Oltunlik masjidi yonida bir-biriga qarama-qarshi qurilgan binolardan iborat boʻlgan. Qurilish ishlari davomida Oltunlik masjidi yonidagi qadimiy Langar hovuzi koʻmib yuborilib, oʻrni Eshonquli dodxoh buyrugʻiga koʻra yangi madrasa uchun maydon qilinadi. Eski hovuz oʻrniga esa Yunusxon maqbarasi gʻarbida bir tanob (taxminan 8.5 m2)lik yangi hovuz bapro etiladi. Ushbu madrasaga koʻplab doʻkonlar, tegirmonlar, yerlar hamda boshqa turli koʻchmas mulklar vaqf sifatida berilgan. Shu jihatdan madrasa shahardagi taʼminoti eng yaxshi madrasalardan biri boʻlgan[1]

Rus istilosiga qarshi kurashgan vakillar ichida ham madrasa mudarris va talabalar boʻlgani va qarshilik harakatiga yetakchilik qilishgani tarixiy manbalarda keltiriladi[2].

Madrasa SSSR davrida turli muassasalar tasarrufiga oʻtib kelgan. XX asrning 60-yillariga kelib, qarovsiz qolishi oqibatda yaroqsiz ahvolga tushib qolgan. 1964-yilda esa butunlay vayron boʻlgan[3].

Mudarrislari

tahrir

Madrasa talabalari ijtimoiy hayotda faol boʻlib, ular mudarris va turli diniy lavozim egalari sifatida faoliyat yuritishgan. Muhammad Solih Toshkandiyning „Tarixi jadidayi Toshkand“ asarida madrasaning bir necha mudarrislari haqida maʼlumot berilgan[4]:

Mudarris Mudarrislik davri Izoh
Buzrukxo‘ja Zanjirliqiy
Muzrob Xorazmiy
Eshon Abdurasulxo‘ja
Eshon Sulaymonxo‘ja
Domulla Esonbek oxund
Mulla Aʼzamatxo‘ja aʼlam

Mashhur talabalari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Eshonqulidodxoh madrasasi“. https://shosh.uz/.
  2. „Semyon, miltig‘ingni qarab qo‘y, hujumga o‘tamiz. Bularning nevaralari bizni rosa so‘kadi-da“. http://m.xabar.uz/.
  3. “Toshkent” ensiklopediyasi. 
  4. „Toshkentning ma’naviy-ma’rifiy hayoti tarixidan (“Tarixi jadidayi Toshkand” asari asosida)“. https://shosh.uz/.
  5. „Munavvarqori Abdurashidxonov“. https://uzjoku.uz/.