Eshonxo‘ja Toshkandiy — toshkentlik alloma va tarixchi. Uning to‘liq ismi Abu Ubaydulloh Muhammad ibn Sultonxo‘ja bo‘lib, Eshonxo‘ja qori Toshkandiy sifatida mashhur. Eshonxo‘ja Toshkandiy fanda tarixchi sifatida tanilgan. Uning „Xulosat al-ahvol“ („Qiska tarjimai hol“) nomli asari bo‘lib, unda muallif o‘z tarjimayi holini Qo‘qon xonligi, xususan, xonlikning Toshkent hokimligida yuz bergan voqealarni tasvirlagan. Muallif o‘zi yashagan davrdan 1865-yilgacha bo‘lgan tarixiy voqealarni bayon etib yozgan. Asar 240 varaqdan iborat[1]. Eshonxo‘ja Toshkandiyning „Xulosat al-ahvol“ asari muqaddima, to‘rt bob va xotimadan iborat. Muqaddima, birinchi bobi muallif tarjimayi holiga oid bo‘lib, asosan ota-onasi haqida to‘xtalgan. Shuningdek yoshlik davri va madrasada o‘qiganligi haqida maʼlumotlar bayon qilgan. Ikkinchi bob 25 varaq, uchinchi bob 35 varaq bo‘lib, undan so‘nggi oxirgi bob yaxlit kelgan va xotima ajratilmagan. Shuningdek, muallif asarda mamlakatda yuz bergan siyosiy voqealar haqida bayon etgan. Asar 1865-yil voqealari bilan yakunlangan. Muallif xonlikda mirza va soliq yig‘uvchi bo‘lib ishlagan. Keyinchalik u amaldan chetlatilgan. U koʻproq tarixchi sifatida Qoʻqon xonligi va Toshkent tarixi bilan bog‘liq maʼlumotlar yozib qoldirgan[2].

Eshonxo‘ja Toshkandiy
Tavalludi nomaʼlum

Manbalar

tahrir
  1. Muhammadkarimov A. Toshkent allomalari va tarixiy shaxslari (ikkinchi kitob). Toshkent: Toshkentnoma, 2009 — 55-bet. 
  2. Uvatov U. Buyuk yurt allomalari. Toshkent: Oʻzbekiston nashriyoti, 2018 — 424-bet.