Eshonxon Toʻra Akbarxonov
Eshonxon Toʻra Akbarxonov — 1872-yili tugʻilgan, oʻzbek, Baliqchi rayon Niyozmasjid qishlogʻidan, ruhoniy, imom. Gʻalla tayorlashga sabotaj qilgani uchun 1933-yili sudlangan va 100 soʻm jarima toʻlagan. Shaxsan oʻzi aksilinqilobiy tashkilotida, Afgʻonistondan xat olib, sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borish va Oʻzbekistonda musulmonobod tashkil etish maqsadida Baliqchi rayonida aksilinqilobiy guruh tuzish uchun choralar koʻrgan, degan ayb qoʻyilgan.[1]