Eshtoy bobo jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻka tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kirad[1].

Masjid
Eshtoy bobo jome masjidi
Eshtoy bobo
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻka
Manzil Gʻazalkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini Gʻazalkent koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Sadriddin domla Malikov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Eshtoy bobo jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻka tumani, Rovot qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Katta Rovot mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Sadriddin domla Malikov hisoblanadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Rovot qishloq fuqarolar yigʻini, Nur Nigor mahalla fuqarolar yigʻini, Faxr mahalla fuqarolar yigʻini, Muallimlar mahalla fuqarolar yigʻini, Oʻrta Rovot mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻuncha mahalla fuqarolar yigʻini, Katta Rovot mahalla fuqarolar yigʻini, Islohot mahalla fuqarolar yigʻini,A. Islomov mahalla fuqarolar yigʻini, Xonqa mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Tarixi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 14-oktabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Eshtoy bobo jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi.

Manbalar

tahrir
  1. „Бўка тумани масжидлари“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.