Eskadron
Eskadron (frans.) — 1) XX-asr oʻrtalariga qadar muntazam kavaleriyadagi taktik boʻlinma; 2—4 vzvoddan iborat boʻlgan; kazaklar otliq qoʻshinida sotnya deb atalgan. Turli davlatlar armiyalarida Eskadron 120—200 kishidan tashkil topgan. 4—6 ta Eskadrondan kavaleriya polki tuzilgan; 2) ayrim xorijiy davlatlar (mas, Buyuk Britaniya) qurolli kuchlarida tank polkidagi taktik boʻlinma (101 kishi); boshqaruv guruhi, 4 tank va xizmat koʻrsatish vzvodlaridan iborat. Tank polkida, shuningdek, shtab Eskadroni (100 kishi) va xizmat koʻrsatish Eskadroni (111 kishi) ham mavjud.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |