Eskishehir
Eskishehir — Turkiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Eskishehir viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 482,8 ming kishi (2000). Transport yoʻllari chorrahasi va muhim savdosanoat markazi. Harbiy, oziq-ovqat, toʻqimachilik, sement va yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Transport mashinasozligi rivojlangan. Shahar yaqinidan xrom rudasi qazib olinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |