Eskiz (frans. ) — badiiy asar yoki uning alohida qismlari gʻoyasini aks ettiruvchi dastlabki qoralama, xomaki asar. Eskizda boʻlajak asarning kompozitsiya yechimi, shakllarning fazoviy kenglikda joylashuvi va ularning oʻzaro nisbatlari, umumiy rang tizimi xususiyatlari va boshqalar belgilab olinadi. Eskiz grafika, rang-tasvir, haykaltaroshlikda ularning tasvir vositalari yordamida ishlanadi. Eskiz erkin, tez qoralama tarzida bajariladi, ayrim hollarda boʻlajak asarning mayda unsurlari ham oʻz aksini topadi. Koʻp hollarda Eskiz mustaqil asar darajasiga qoʻtarilishi va badiiy qiymatga ega boʻlishi mumkin.