Estrada

Evropa Ittifoqi va boshqa Sharqiy Evropa mamlakatlarida mashhur bo'lgan janr
(Estrada sanʼatidan yoʻnaltirildi)

Estrada (ispancha — taxtasupa), estrada sanʼati — 1) keng maʼnoda — koʻngilochar, ommabop badiiy (abadiy, musiqiy, raqs, tomoshaviy va boshqalar) janr va shakllarning umumiy ifodasi; 2) tor maʼnoda — sahnaviy professional sanʼat turi. Rossiya va boshqalar baʼzi mamlakatlarda E., Angliyada myuzikxoll, Fransiyada varyete, kafeshantan, kabare, AQShda shou, revyu kabi atamalar bilan yuritiladi. E.ning kelib chiqishi xalq ogʻzaki ijodi bilan bogʻliq boʻlsada, u muayyan (tijoratommabop) sanʼat turi sifatida 19-asrda Yevropa yirik shaharlarining demokratik ijtimoiymadaniy muhitida yuzaga kelgan. E.ning asosiy shakli — maxsus joylarda, muntazam ravishda oʻtkaziladigan E. konsertidir. U bir nechta (yoki yakka) artist (soʻz ustasi, xonanda, raqqos, aktyor va boshqalar)ning badiiy tugal, turfa mazmundagi kichik chiqishlaridan iborat boʻlib, ifoda vositalarining loʻnda va yorqinligi, oʻziga xosligi, ishtirokchilarning tomoshabin bilan bevosita muloqotda boʻlishi bilan ajralib turadi. E. tomoshalari baʼzan konferansye birlashtirgan mavzuli dastur asosida tuziladi. Yevropada E. tomoshalari dastlab kafe va restoranlarda, keyinchalik moslashtirilgan teatr binolari va boshqalar joylarda oʻtkazilgan. Ularda soʻz ustalari, qoʻshiqchilar, raqqos va raqqosalar, shuningdek, akrobat, koʻzbogʻlovchilar ishtirok etgan. Hozirda estrada sahnalarida monolog, felyeton, hajviy hikoya kabi nutq janrlari, E. (milliy, bal va boshqalar) raqsya, kuplet va E. qoʻshigʻi, koʻpgina sirk turlari (akrobatika, jonglyorlik, fokus va boshqalar), teatr miniatyurasi, qoʻgʻirchoqbozlar chiqishlari, pantomima va boshqalar mavjud.

Oʻzbekistonda (boshqa Sharq mamlakatlarida boʻlgani kabi) E.ning rivojlanishi quyidagi koʻrinishlarda boʻlgan: bir tomondan unda anʼanaviy sanʼat namunalari sahna talablariga moslashtirib oʻzgartirilgan (mas, Tamaraxonim va M.Qoriyoqubov ijrosidagi xalq lalarlarining sahna talqinlari, Yusufjon qiziq\shsh askiya anʼanalariga asoslangan konferansyelik chiqishlari va boshqalar) yoki milliy janrlar negizida yangi sahna turlari yaratilgan (M.Turgʻunboyeva Usta Olim bilan birgalikda ijod qilgan "Paxta", "Pilla" kabi ommaviy sahna raqslari). Ikkinchi tomondan Oʻzbekiston E.si chet el sanʼati shakl va uslublari (mas, jaz, estrada orkestri, myuzikxoll)ni oʻzlashtirishi bilan boyidi. 1956-yildan Oʻzbek estrada teatri, keyinchalik Oʻzbek davlat estrada birlashmasi (1996-yilgacha) faoliyat koʻrsatgan.

Hozirda Oʻzbekistonda E. sanʼatini rivojlantirish, E. jamoalari hamda yakka ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar "Oʻzbeknavo" birlashmasiga yuklatilgan. E. oʻquv yoʻnalishi sifatida maxsus taʼlim tizimiga kiritilgan. 1996-yildan Toshkent estrada kolleji, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi va boshqalar sanʼat (musiqa) oʻquv yurtlarida E. ftlari faoliyat koʻrsatmoqda (yana qarang Miniatyuralar teatri, Ommabop musiqa).

Adabiyot

tahrir
  • Klitin S, Estrada, L., 1987.

Olimjon Bekov.