Etanolamin fosfat
Etanolamin fosfat -2>SH2S2N4ONN3R04oq rangli kristall modda. Mol.m. 220. Suyuqlanish temperaturasi 119°, zichligi 1505 kg/m3. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari tomonidan monoetanolamin bilan ortofosfat kislotani oʻzaro taʼsir ettirib olingan yangi modda.
Etanolamin fosfat 8 qirrali prizma shaklidagi monokristallardan iborat boʻlib, tarkibida 12,72% azot, 32,31% fosfor (V)oksid bor. Suvda 56,5% (25°da) eriydi. Kuchli oʻstiruvchi modda — stimulyator. Etanolamin fosfatning suvdagi eritmasi oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishini tezlashtiradi. Etanolamin fosfat asosida olingan "Hosil" seriyasidagi preparatlar qoʻllanganda gʻoʻza chigitining unib chiqish quvvati 5—6%, gʻoʻza ildizi massasi 20—30%, boʻyi 40—45%, barg yozish maydoni 70— 80%ga, bugʻdoy hosili esa gektariga 4— 5 s ga oshadi. Urugʻ bexato unib chiqadi, chigit moyi koʻpayadi, paxta tolasining sifati yaxshilanadi. Etanolamin fosfatning 0,005%li eritmasi yumshatuvchi taʼsirga ega boʻlib, magniy xlorat, natriy xlorat kabi defoliantlarta bu eritma bilan ishlov berilsa, defolyatsiyadan soʻng gʻoʻza barglari 85—87% gacha nam holda toʻkiladi, yosh koʻsaklar saqlanib qoladi, paxta hosildorligi gektariga 2—3 s.ga oshadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |