Etna
(Etna togʻidan yoʻnaltirildi)
Etna (yunoncha: — alangalamoq) — Sitsiliya orolning shim.sharqiy qismidagi harakatdagi vulkan, Italiyada. Balandligi 3340 m (Yevropada eng baland vulkan). Shakli yassi konussimon. Yon bagʻrida juda koʻp mayda krateri, bazalt va andezitli lava oqimlari hamda qalin vulkan kuli qatlami bor. Etna faol vulkan. 1669-yilda quchli, 1983-yilda soʻnggi bor otilgan. 800–900 m balandlikkacha bogʻ va tokzor hamda dalalardan, undan yuqorisi butazor va oʻrmonlardan iborat. Turizm rivojlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |