Excastra albopilosa ((lot.) — oq tukli) — hasharotlar turkumiga kiruvchi, monotipik tur boʻlmish, Excastra qoʻngʻiz turining yagona vakili[1][2][3]. Qoʻngʻiz oq moʻynali boʻlib[2], yirtqichlardan himoyalanish uchun qoʻziqorinning tanasi ichiga oʻsishidan oʻlgan hashorotlarga oʻxshash tarzda rivojlangan deb tahmin qilinmoqda[4].

Excastra albopilosa
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Turkum: Albopilosa
Kenja oila: Excastra
Binar nomi
Excastra albopilosa
(Tweed, Ashman & Ślipiński, 2024[1])

Excastra albopilosa - yogʻochkesar qoʻngʻizlar oilasiga mansub qoʻngʻizlar turi. Bu tur ilk bor 2024-yilda entomologlar guruhi tomonidan Kvinslend (Avstraliya) subtropik-tropik oʻrmonlaridan olingan namunalarda tasvirlangan.

Etimologiyasi

tahrir

Excastra soʻzining toʻgʻridan toʻgʻri maʼnosi lotinchadan „lagerdan“ deb tarjima qilinadi va maʼno jihatidan „oq tukli“ degan maʼnoni anglatadi[1].

Bu nom turning kashfiyotchisi, avstraliyalik James Tweed tomonidan 2024-yilda Avstraliyaning Gold Coast mintaqasidagi oʻrmonli hududda[5] dastlab qush axlati deb taxmin qilingan[6] namunani tasodifan bunday emasligini anglab yetganidan keyin tanlangan va kashfiyotning asl kelib chiqishi (tur nomi bilan) va hayvonga xos boʻlgan ajoyib oq tukli ekanligidan kelib chiqib nomlangan[7].

Tavsifi

tahrir

Hashorot uzunligi 9,7 mm[8], antennalari 11 segmentli. Oyoqlari qizil rangda[5]. Excastra Lamiinae turining Avstraliyada topilgan avlodlaridan ajralgab koʻz qobiqlari; umumiy uzunligi sezilarli darajada kalta boʻlgan antenna segmentlari; old tomonida juftlashgan nayzalari; koʻkrak qismida juda uzun, tekis, zich tuklar, tananing qolgan qismida esa, masalan, oyoq va antennalarida ham uzun tekis tuklar mavjudligi bilan ajralib turadi[1].

Hashorotning asosiy rangi qora, ammo oq rangli tuklari sababli bu deyarli sezilmaydi[1].

Joylashuvi

tahrir

Ushbu tur, asosan, Avstraliyaning sharqiy qismidagi Kvinslendda, Lamington milliy bogʻidagi Binna Burra Lodge boʻlimida yashaydi[1].

Bugungi kunda ushbu qoʻngʻiz turining faqatgina bitta vakili maʼlum. Bu qoʻngʻiz turi 2021-yil 29-dekabrda Lamington milliy bogʻining bir qismi boʻlmish Binna Burra boʻlimidan Lomandra turiga mansub oʻsimlikdan topilgan. Biroq, katta ehtimol bilan, bu turdagi yagona vakil emas, haligacha uzun shoxli qoʻngʻizlar toʻliq oʻrganilmagan.

Faqatgina bitta namuna topilgani bois uning biologiyasini oʻrganish maqsadida tajribalar oʻtkazilmagan. Va hech qanday maʼlumot mavjud emas. Tur juda noyob va oʻrganishga qiziq boʻlgani sababli bu hududga tabiatshunoslar tez-tez tashrif buyura boshlashdi.

Havolalar

tahrir
  • Australian Journal of Taxonomy nashrining ushbu tur haqidagi maqolasi

Manbalar

tahrir