Eyskda Su-34 samolyotining qulashi

Eyskdagi Su-34 halokati — 2022-yil 17-oktyabr kuni Rossiyaning Eysk shahrida sodir boʻlgan halokat[1].

Eyskda Su-34 samolyotining qulashi
Asosiy maʼlumotlar
Sana 17-oktyabr, 2022-yil(2022-10-17)
18:25 MSK
Joylashuv Komunisticheskaya k. 20-uy, 1-korpus, Eysk, Krasnodar oʻlkasi
Kordinatalar 46°40′42″N 38°17′44″E / 46.67833°N 38.29556°E / 46.67833; 38.29556
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Operator Rossiya 277-bombordimonchi aviatsiya polki
Egalik qiluvchi Rossiya Rossiya HKK
Halokat turi Aviahalokat
Sabab Dvigateldagi nosozlik
Statistika
Ekipaj 2
Vafot etganlar 15 (yerda)[1]
Jarohatlanganlar 19 kishi (yerda)
Map

Voqea tafsiloti

tahrir

2022-yil 17-oktyabr kuni moskva vaqti bilan soat 18:25 da Eysk shahri chekkasidagi 9 qavatli bino yaqinida Su-34 bombardimonchi samolyoti qulashi oqibatida katta portlash sodir boʻladi. Voqea kechki payt sodir boʻldi. Ushbu vaqtda koʻplab fuqarolar ishdan qaytgan edi. Samolyot halokatini Rossiya Mudofaa vazirligi tasdiqladi. Mudofaa vazirligining daʼvo qilishicha, halokat qiruvchi samolyot Janubiy harbiy okrug harbiy aerodromidan oʻquv parvozi uchun koʻtarilayotganda yuz bergan[2].

Su-34 samolyoti halokatga uchradi. Samolyot Yeysk shahri ichida qulagan. Samolyot uchuvchilarning xabariga koʻra, halokatga uchish vaqtida dvigatellardan birining yonishi sabab boʻlgan. Halokat sodir boʻlgan joyda Su-34 turar-joy massivlaridan birining hovlisida samolyot yoqilgʻisi yonib ketdi.

— RF MV, in

Ushbu turar joy binosidan 250 kishi evakuatsiya qilindi (40 nafari bolalar). Barcha fuqarolar 6 ta mehmonxona va pansionatga joylashtirildi. „Komsomolskaya pravda“ harbiy muxbiri Aleksandr Kotsning xabariga koʻra, 277-bombardimonchi aviatsiya polkining samolyoti snaryadlar olib ketayotgan boʻlgan va qulash paytida ularning portlash ovozi eshitilgan.

Samolyot qulagandan keyin yuzaga kelgan yongʻin maydoni taxminan 2000 m2ni tashkil etdi. „Interfaks“ AA navbatchi dispetcherlik xizmatiga tayanib maʼlum qilinishicha, yongʻin uy yoʻlaklaridan birini toʻliq qamrab olgan.

Toʻqqizinchi qavatdan beshinchi qavatgacha boʻlgan shiftlar qulab tushdi. Butun kirish yoʻlagi yonib ketgan, 45 ga yaqin xonadonga u yoki bu darajada zarar yetgan.

— Interfaks AA, in

Jabrlanganlar

tahrir

Ushbu voqea natijasida 15 nafar kishi vafot etdi[3]. Mahalliy rahbariyat xabariga koʻra ushbu hodisa oqibatida vafot etganlar 20-oktyabr kuni dafn qilinadi[4].

 
Su-34

Samolyot soʻnggi yillarda qurolli toʻqnashuvlarda muvaffaqiyatli qoʻllangan Su-24 front bombardimonchi samolyotining oʻrnini bosuvchi sifatida yaratilgan[5]. Samolyotni ishlab chiqish F-15 va F-16 tipidagi koʻplab zamonaviy toʻrtinchi avlod qiruvchilariga potentsial raqobatchi sifatida ishlab chiqilgan[6].

Yana qarang

tahrir

Irkutskda Su-30 samolyotining qulashi

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Yeyskda Su-34 qulashi oqibatida halok boʻlganlar soni 15 kishiga yetdi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 18-noyabr.
  2. Даниил Сотников. „В Краснодарском крае военный самолет упал на жилой дом“ (ru). DW.com. Germaniya: Deutsche Welle (DW). Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
  3.   RIAN Mahalliy hokimiyat xabari(rus.) Telegram mesenjerida
  4.   RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida
  5. „Сухой Су-34“. www.airwar.ru. Qaraldi: 2017-yil 24-dekabr.
  6. „Sukhoi Su-34 Fullback; Russia's New Heavy Strike Fighter“. www.ausairpower.net. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.