Feded“ (tarjimasi „"Xiralashgan"“) – Alan Walkerning qoʻshigʻi. „Faded“ singli norvegiyalik qoʻshiqchi Iselin Solheim tomonidan taqdim etilgan va ingliz-norveg produseri va vokal ijrochisi Alan Walker tomonidan ijro etilgan. „Faded“ qoʻshigʻi dastlab 2015-yil 25-noyabrda chiqarilishi kerak edi, biroq u 3-dekabrda omma eʼtiboriga havola qilingan. „Faded“ singli Alan Walker uchun xitga aylangan qoʻshiqlardan biriga aylandi. Qoʻshiq juda koʻplab mamlakatlar chartida birinchi oʻrinni egalladi. 2022-yil aprel holatiga koʻra, „Faded“ singli YouTubeda eng koʻp koʻrilgan videolar roʻyxatida 21-oʻrinni egalladi. Qoʻshiq You Tubeda 3,3 milliarddan ortiq koʻrilgan[1]. „Faded“ qoʻshigʻi, shuningdek, 2022-yil aprel holatiga koʻra Spotifyda 1,5 milliarddan ortiq oqim bilan eng koʻp tinglangan qoʻshiqlar roʻyxatida 48-oʻrinni egalladi.

„Faded“
Andoza:Angle bracket
Alan Walker singli
„Different World“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2015 3-dekabr
Yozib olingan 2015-yil
Janr Elektro bass
Davomiyligi 3:32
Leybl Mer Musikk
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
Alan Walker singllari xronologiyasi
„Force“
(2014-yil)
Faded
(2015)
„Sing Me to Sleep“
(2016-yil)
Klipi
"Faded" YouTubeda

Walker 2016-yil 27-fevralda Oslodagi sport musobaqasida „Faded“ qoʻshigʻining jonli ijrosini debyut qildi[2]. Walker ijrosidagi qoʻshiq Norvegiya televideniyesi orqali jonli efirda namoyish etildi.

Fon va kompozitsiya

tahrir

"Faded" qoʻshigʻi Walkerning 2014-yilda „NoCopyrightSounds“ rekord yorligʻi orqali chiqarilgan „Fade“ nomli eski kompozitsiyasining yangilangan versiyasi hisoblanadi. Walker qoʻshiqni yaratishda musiqiy produser Ahrixning 2013-yildagi „Nova“ trekidagi ovozidan ilhomlangan. Intervyuda Walker shunday dedi: "Ohanglar va trekning borishi juda noyob narsa va bu meni „Fade“ ni yaratishga ilhomlantirdi, keyinchalik u „Faded“ ga aylandi"[3][4]. „Ohang qayerdan kelganini bilmayman, lekin men oʻzimning his-tuygʻularim men yaratgan kuylarimga katta taʼsir koʻrsatishiga yoʻl qoʻyishga harakat qilaman.“[5].

„Faded“ qoʻshigʻining tuzilishi va ohangi „Fade“ bilan deyarli bir xil boʻlsa-da, „Faded“ qoʻshigʻi pianino introsi va autrosi bilan „Fade“ qoʻshigʻidan sezilarli darajada farq qiladi[6].

„Faded“ qoʻshigʻi chiqarilgandan soʻng, butun dunyo boʻylab juda koʻp miqdorda sotildi. Shuningdek, „Faded“ qoʻshigʻi Norvegiyaning „VG-lista“ chartida, Finlandiyaning „The Official Finnish“ chartida va Shvetsiyaning „Sverigetopplistan“ chartlarida birinchi oʻrinni egalladi va Daniyaning „Hitlisten“ singl chartida birinchi uchlikka kirdi. Qoʻshiq oʻndan ortiq mamlakatlarda birinchi oʻrinni egalladi va 25 dan ortiq mamlakatlarda kuchli beshlikka kirdi.

Shuningdek, „Faded“ qoʻshigʻi Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Indoneziya, Irlandiya, Italiya, Latviya, Malayziya, Gollandiya, Yangi Zelandiya, Shveysariya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlar kabi turli mamlakatlarda chartlariga kiritilgan. Shuningdek, „Faded“ qoʻshigʻi 2016-yil fevral oyida Shazamning „Worldwide Top 100 Popular Songs“ roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi va 2016-yil martiga kelib dunyodagi eng koʻp Shazam orqali izlangan qoʻshiqqa aylandi[7].

„Faded“ qoʻshigʻining YouTubedagi musiqiy videosi 2017-yilning 26-martida 1 milliard marotaba koʻrilgan. Hozirgi kungacha „Faded“ qoʻshigʻining videosi 3 milliarddan ortiq koʻrildi va u eng koʻp koʻrilgan YouTube videolari roʻyxatida 19-oʻrinni egalladi. Shuningdek, „Faded“ qoʻshigʻi (24 milliondan ortiq layk bilan) „eng koʻp layk toʻplagan YouTube videolari“ roʻyxatida 7-oʻrinni egalladi.

Jonli ijrolar

tahrir

Bir nechta qoʻshiqchilar „Faded“ qoʻshigʻini jonli ijro etishdi: Iselin Solheim qoshiq matning asl vokalisti, Ingrid Helene Havik (Highasakite vokalisti), Tove Styrke, Alexandra Rotan, Angelina Jordan, Zara Larsson va Torine Michelle[8]. 2017-yilning 4-noyabrida Alan Walker Pekinda boʻlib oʻtgan 2017-yilgi „League of Legends“ jahon chempionatining yopilish marosimida „Against the Current“ guruhi bilan „Faded“ qoʻshigʻini jonli ijroda ijro etdi[9].

Musiqa videosi

tahrir
 
Rummu quarrydagi qarovsiz xoʻjalik inshootlari tunda. 2014-yil sentyabr

„Faded“ qoʻshigʻining musiqiy videosida Shahab Solehi[10] bosh qahramon rolini oʻynagan[11]. „Faded“ qoʻshigʻining musiqiy videosi Bror Bror tomonidan ishlab chiqarilgan va tahrirlangan.

2021-yil 24-sentyabrda YouTubeda PUBG Mobile (PlayerUnknownʼs Battlegrounds) mobil oʻyini bilan hamkorlikda K-391 va Boy in Space ishtirokida „Paradise“ nomli yangi musiqiy video chiqdi[12]. Ushbu musiqiy video „Faded“ musiqiy videosi bilan bir xil vaqtda chiqarilgan.

Chartlar

tahrir
 
Qoʻshiqning chartlardagi eng yuqori pozitsiyalari
  1 - 20
  21 - 40
  41 - 60
  61 - 80
  81 - 100

„Faded“ qoʻshigʻi koʻpgina mamlakatlar chartlarida (10 dan ortiq) birinchi oʻringa chiqdi.

Haftalik chartlar

tahrir
"Faded"qoʻshigʻi uchun haftalik chartlar
Chart (2016-2018) Oʻrin
Argentina (Monitor Latino)[13] 8
  Avstraliya (ARIA)[14] 2
  Avstriya (Ö3 Austria Top 40)[15] 1
  Belgiya (Ultratop 50 Flanders)[16] 2
  Belgiya (Ultratop 50 Wallonia)[17] 1
  Yaponiya (Japan Hot 100)[18] 33
  Kanada (Canadian Hot 100)[19] 32
  MDH (Tophit)[20] 1
  Chexiya (Singles Digitál Top 100)[21] 1
  Daniya (Tracklisten)[22] 3
Ekvador (National-Report)[23] 3
  Finlandiya (Suomen virallinen lista)[24] 1
  Fransiya (SNEP)[25] 1
Germaniya (Official German Charts)[26] 1
  Vengriya (Dance Top 40)[27] 1
  Vengriya (Rádiós Top 40)[28] 5
  Vengriya (Single Top 40)[29] 1
  Irlandiya (IRMA)[30] 6
  Isroil (Media Forest)[31] 8
  Italiya (FIMI)[32] 1
Latviya (Latvijas Top 40)[33] 1
Livan (Lebanese Top 20)[34] 3
  Niderlandiya (Dutch Top 40)[35] 2
  Niderlandiya (Single Top 100)[36] 2
  Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ)[37] 2
  Norvegiya (VG-lista)[38] 1
  Polsha (Polish Airplay Top 100)[39] 1
Polsha (Video Chart)[40] 1
Portugal Digital Songs (Billboard)[41] 1
  Ruminiya (Romania TV Airplay)[42] 1
  Rossiya (Russia Airplay)[43] 1
Serbiya (Radiomonitor)[44] 1
  Slovakiya (Singles Digitál Top 100)[45] 1
Sloveniya (SloTop50)[46] 3
  Janubiy Afrika Respublikasi (EMA)[47] 3
  Ispaniya (PROMUSICAE)[48] 1
  Shvetsiya (Sverigetopplistan)[49] 1
  Shveysariya (Schweizer Hitparade)[50] 1
  Shveysariya (Media Control Romandy)[51] 1
  Birlashgan Qirollik (UK Singles Chart)[52] 7
  AQSh (Billboard Hot 100)[53] 80
  AQSh (Dance Club Songs)[54] 4
  AQSh (Hot Dance/Electronic Songs)[55] 7

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. @IAmAlanWalker. „First EDM/Dance track of all time to hit 3bn views. Unreal. Thanks walkers 💙“ (2021-yil 3-mart).
  2. „DJ Alan Walker celebrates X Games Oslo“ (Contains video). X Games. ESPN (2016-yil 1-mart). 2016-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-mart.
  3. „"Faded" Creator Alan Walker Chooses His Influences“. 2016-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-aprel.
  4. „Bergens nye YouTube-suksess“. www.ba.no (2015-yil 11-aprel). 2019-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-iyul.
  5. „You are being redirected...“. theknockturnal.com (2016-yil 9-mart). 2017-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-may.
  6. „Best Songs We Heard This Week: Jeremih, The 1975, Alan Walker + More“. PopCrush. 2015-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  7. Blake, Emily. „Alan Walker, the 18-year-old behind that 'Faded' song, tells us what's next“. Mashable (2016-yil 15-mart). 2016-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-mart.
  8. Dyrholm. „Synger om psykisk vold på debutsingel“ (2017-yil 19-may). 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-may.
  9. „LoL Esports“. 2017-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-noyabr.
  10. „Shahab Salehi“. Swedish Film Database. The Swedish Film Institute (2016). 2016-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-fevral.
  11. Ciavarelli. „Alan Walker, "Faded" è la più cercata su Shazam“ (it). sorrisi.com. Arnoldo Mondadori Editore (2016-yil 7-mart). 2016-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-mart.
  12. Alan Walker, K-391, Boy in Space - Paradise (Official Music Video) (inglizcha), qaraldi: 29 September 2021
  13. „Top 20 Argentina – Del 13 al 19 de Junio, 2016“ (es). Monitor Latino (2016-yil 13-iyun). 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-may.
  14. "Alan Walker – Faded". ARIA Top 50 Singles. Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
  15. "Alan Walker – Faded" (olmoncha). Ö3 Austria Top 40.
  16. "Alan Walker – Faded" (niderlandcha). Ultratop 50.
  17. "Alan Walker – Faded" (fransuzcha). Ultratop 50.
  18. "Alan Walker Chart History (Japan Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2019-yil 27-avgust.
  19. "Alan Walker Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2016-yil 7-iyun.
  20. Alan Walker — Faded. Tophit. Qaraldi: 2018-yil 21-noyabr.
  21. "ČNS IFPI" (chexcha). Hitparáda – Digital Top 100 Oficiální. IFPI Czech Republic. Note: Change the chart to CZ – SINGLES DIGITAL – TOP 100 and insert 201616 into search.
  22. "Alan Walker – Faded". Tracklisten.
  23. „Top 100 Ecuador“ (es). National-Report. 2018-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-may.
  24. "Alan Walker: Faded" (finncha). Musiikkituottajat – IFPI Finland.
  25. "Alan Walker – Faded" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2016-yil 23-fevral.
  26. „Offizielle Deutsche Charts - Offizielle Deutsche Charts“. Offiziellecharts.de. 2018-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-may.
  27. "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Dance Top 40 lista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 2020-yil 23-aprel.
  28. "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Rádiós Top 40 játszási lista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 2020-yil 23-aprel.
  29. "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Single (track) Top 40 lista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 2016-yil 26-mart.
  30. "Chart Track: Week 11, 2016". Irish Singles Chart. Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
  31. "Media Forest Week 12, 2016". Israeli Airplay Chart. Media Forest. Qaraldi: 2016-yil 27-mart.
  32. "Alan Walker – Faded". Top Digital Download.
  33. „Latvijas Top 40“. Latvijas Radio (2016-yil 7-fevral). 2016-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-fevral.
  34. „Alan Walker Lebanese Chart Top 20 History“. The Official Lebanese Top 20. 2016-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-mart.
  35. "Nederlandse Top 40 – week 9, 2016" (niderlandcha). Dutch Top 40. Qaraldi: 2020-yil 22-iyun.
  36. "Alan Walker – Faded" (niderlandcha). Single Top 100. Qaraldi: 2016-yil 25-mart.
  37. "Alan Walker – {{{song}}}". Top 40 Singles. Qaraldi: 2016-yil 25-mart.
  38. "Alan Walker – Faded". VG-lista.
  39. "Listy bestsellerów, wyróżnienia :: Związek Producentów Audio-Video". Polish Airplay Top 100. Qaraldi: 2016-yil 4-aprel.
  40. „Top 5 Airplay TV“. Polish Video Chart. ZPAV. 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-fevral.
  41. „Portugal Digital Songs“. Billboard. 28 October 2016da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11 May 2016.
  42. "Media Forest – Weekly Charts. Media Forest. 4 July 2016. Qaraldi: 2018-yil 3-iyul. Note: Select 'Songs – TV'. Romanian and international positions are rendered together by the number of plays before resulting an overall chart.
  43. "Russia Airplay Chart for 2016-03-21." Tophit. Qaraldi: 2018-yil 21-noyabr.
  44. „Serbia - Radio airplay chart (Settimana 24.2016)“ (it). RadioAirplay. Qaraldi: 2020-yil 18-avgust.
  45. "ČNS IFPI" (slovakcha). Hitparáda – Singles Digital Top 100 Oficiálna. IFPI Czech Republic. Note: Select SINGLES DIGITAL - TOP 100 and insert 20164 into search.
  46. „SloTop50 – Slovenian official singles chart“. slotop50.si. 2018-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-avgust.
  47. "EMA Top 10 Airplay: Week Ending 2016-04-12". Entertainment Monitoring Africa. Qaraldi: 2016-yil 18-aprel.
  48. "Alan Walker – Faded" Canciones Top 50.
  49. "Alan Walker – Faded". Singles Top 100.
  50. "Alan Walker – Faded". Swiss Singles Chart.
  51. "Alan Walker – Faded" (fransuzcha). Media Control.
  52. "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2016-yil 8-aprel.
  53. "Alan Walker Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2016-yil 1-iyun.
  54. "Alan Walker Chart History (Dance Club Songs)". Billboard. Qaraldi: 2016-yil 1-iyun.
  55. "Alan Walker Chart History (Hot Dance/Electronic Songs)". Billboard. Qaraldi: 2016-yil 2-iyul.