Fagim Axmetgaliyev
Fagim Masnaviyevich Axmetgaliyev (1966-yil 30-noyabr, Ufa, Boshqird Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi, SSSR) – Oltoy oʻlkasi muftiysi, Barnaul shahri masjidi bosh imom-xatibi.
Fagim Axmetgaliyev | |
---|---|
Tavalludi |
1966-yil 30-noyabr |
Fuqaroligi |
SSSR Rossiya |
Kasbi | Imom |
Otasi | Masnaviy Axmetgaliyev |
Biografiyasi
tahrir1966-yil 30-noyabrda Boshqirdiston poytaxti Ufa shahrida tugʻilgan. 1991-yilda Rossiya islom universitetini tamomlagan. Keyin Madinadagi Islom universitetida tahsil oldi. 2001-yilda Oltoy oʻlkasining poytaxti Barnaul shahriga ishlashga yuborildi[1].
U Oltoy oʻlkasi hukumati, Oltoy oʻlkasi gubernatorining bir qator mukofotlari ega. 2022-yil 23-mayda Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov[2] tomonidan „Tatar Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topganining 100 yilligi“ medali bilan taqdirlangan.
Diniy faoliyati
tahrirU oʻzining diniy faoliyatini 90-yillarda boshlagan. 2007-yilda Rossiyaning Osiyo qismi musulmonlari diniy boshqarmasi tarkibida Oltoy oʻlkasi musulmonlari diniy boshqarmasi tashkil etilganda, Fagim Axmetgaliyev ushbu tashkilotga rais etib saylandi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Ахметгалиев Фагим Маснавиевич“ (ru). Главное управление МВД России по Алтайскому краю. 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-fevral.
- ↑ „Ахметгалиев Фагим Маснавиевич награждён Президентом Татарстана за вклад в укрепление межнационального мира и согласия“ (ru). Новости Алтая. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Главный имам Соборной мечети Барнаула Фагим Хазрат отмечает 50-летний юбилей“ (ru). Алтайская правда. 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-fevral.