Faith and Belief Forum (E'tiqod va Ishonch Anjumani)
Buyuk Britaniyada " Uch E'tiqod Anjumani" ( 3FF ) nomi bilan tanilgan Faith and Belief Forum - dinlararo tashkilot .
Tashkilot maktablar, universitetlar, ish joylari va keng jamoatchilikda odamlarNING e'tiqod va o'ziga xoslik masalalari bilan shug'ullanishi va boshqalar bilan madaniy aloqada bo'la olishi uchun xavfsiz joylarni yaratadi. Uning dasturlari tushunchalar, xulq-atvor va munosabatlarni ijobiy tomonga o'zgartirishga yordam berishga mo'ljallangan. Anjuman turli dinlar, e'tiqodlar va madaniyatlarga mansub odamlar o'rtasida mustahkam, samarali va ishonchli munosabatlarga ega bo'lgan jamiyatni yaratishga harakat qilmoqda.
Tarix
tahrirTashkilotga 1997-yilda Londonda Sir Sigmund Sternberg, doktor Marcus Braybrooke va Shayx Zaki Badawi va Sidney Shipton tomonidan “Uch din anjumani” sifatida asos solingan. [1]
Dastlab tashkilotning maqsadi din, jamoat va fuqarolar yetakchilarini seminarlar va tadbirlar orqali jalb etishga qaratilgan.
Tashkilot avvaliga musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar o‘rtasidagi munosabatlarga e’tibor qaratgan bo‘lsa, keyinchalik har qanday din va e’tiqoddagi odamlar, jumladan, dinsizlar bilan hamkorlik qilishni ham yo'lga qo'ydi.
2018-yilda tashkilot oʻz nomini “Imon va eʼtiqod anjumani”ga oʻzgartirdi va barcha eʼtiqoddagi odamlar bilan,dini bor yoki yoʻqligiga qaramay yaxshi aloqa o'rnatishini bildirdi. [2]
Michael Sternberg QC KCFO 2009-yildan buyon “Uch e’tiqod forumi” vasiylar raisi bo‘lib kelmoqda.
Phil Champain 2015-yildan beri direktor lavozimida ishlab kelmoqda.
Yoshlar uchun dasturlar tashkilotning asosiy yo'nalishi hisoblanadi. Tashkilot 2004-yilda sobiq direktor Stephen Shashoua boshchiligida maktab dasturlarini va 2007-yilda universitet talabalari uchun ParliaMentors yetakchilik dasturini ishga tushirdi. 2008-yilda u Yaqin Sharqda anjuman bo'limini ishga tushirdi. 2009-va 2010-yillarda san'at va madaniyat markazlari jamoalar o'rtasida madaniy aloqa o'rnatadigan dasturlarni yaratish uchun ish boshladi. [1]
Dasturlar
tahrirMaktablar
tahrirTashkilot oʻzining dinlararo seminarlari, maktablarni bogʻlash va kuchaytirish dasturlari orqali [3] bugungi odamlarga xos eʼtiqod va ishonchni oʻrganuvchi loyihalarni yetkazib berishni maqsad qilgan. [4] Tashkilotning ta'lim dasturlari jahon miqyosida maqtovga sazovor bo'lgan [5] va ko'plab mukofotlarga, jumladan, BMTning madaniyatlararo yangiliklarlar uchun mukofotlari va Shap mukofotiga erishgan. [6]
Parlament Mentorlari
tahrir2007-yilda boshlangan ParliaMentors yetakchilik dasturi kelgusi avlod yetakchilarini o‘z martabalarini oshirish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar, tajribalar va tarmoqlar bilan ta'minlashni yo'lga qo'ygan. Yillik dasturda turli dinsiz va diniy e'tiqodi bor universitet talabalariga parlament a'zolari ustozlik qiladi va ularga yetakchi NNTlar ko'magida ijtimoiy harakat loyihalarini ishlab chiqishda yordam beradi. [7]
LGBT+E'tiqod
tahrir“Faith & Belief” anjumani LGBT + tashkilotlari va guruhlari uchun turli e’tiqodga ega bo‘lgan odamlarning ehtiyojlarini o‘z ichiga olgan joylar, dasturlar va tadbirlarni ta’minlash maqsadida moslashtirilgan trening va yordamni taklif qiladi.
San'at va madaniyat
tahrirSan’at va madaniyat tadbirlari odamlarga musiqa, spektakl va tasviriy san’at orqali boshqalar bilan munosabatda bo'lish imkoniyatini yaratadi. [8] Urban Dialogues ko'rgazmalari 2011-va 2014-yillar oralig'ida bo'lib o'tgan va turli xil tomoshabinlarni jalb qilgan. [9] Zamonaviy jamiyatdagi e'tiqod, ishonch va madaniy o'ziga xoslik tushunchalarini o'rganuvchi amaliyotlar va tadbirlarni yaratish uchun turli xil fanlarning mutaxassislari jalb qilingan. Mixed-Up Chorus madaniyatlararo xor [10] odamlarni musiqaga boʻlgan muhabbati orqali birlashtiradi. [11]
King's Artist Salons tashkiloti King's Cultural Institute bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyadagi ziddiyat va e'tiqod mavzusi atrofida yangi hamkorlikdagi badiiy asar yaratish uchun rassomlar, akademiklar va olimlarni birlashtiradi.
Xalqaro
tahrirFaith & Belief Anjumani Yaqin Sharqda
tahrirFaith & Belief Forumning Isroildagi boʻlimi turli din va eʼtiqoddagi odamlar oʻrtasidagi madaniyatlararo aloqalarni yaxshilash uchun gumanitar fanlar va sogʻliqni saqlash sohasida ishlaydi. [12]
Mukofotlar va e'tiroflar
tahrir- 2014-yil Kamden meri yilning eng yaxshi xayriya tashkiloti [13]
- 2014-yil Doha xalqaro dinlararo mukofoti [14]
- 2014-yil maktablar uchun Shap mukofoti [15]
- 2010-yil Birlashgan Millatlar Tashkilotining Madaniyatlararo Innovatsiyalar mukofoti: ParliaMentors [16]
- 2009-yil BMTning madaniyatlararo innovatsiyalar uchun mukofoti: Tools 4 Trialog (Maktablar) [17]
- 2009-yil Jamiyat hamjihatligi institutining rasmiy maqtovi: Tools 4 Trialog (Maktablar)
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „History - The Faith & Belief Forum“ (en-GB). The Faith & Belief Forum. Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.
- ↑ „Interfaith charity rebrands amid 'amplified' social divisions“ (en-US). Jewish News. Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.
- ↑ J. Watson (2011) Discussion in religious education: developing dialogic for community cohesion and/or spiritual development, International Journal of Children's Spirituality, vol. 16, no. 2
- ↑ The Faith & Belief Forum (2017-11-16), AMPLIFY MANIFESTO 2017, 2017-11-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-06-13
- ↑ Abrahams. „The Three Faiths Forum – helping children understand | Jessica Abrahams“ (en). the Guardian (2012-yil 13-iyun). Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.
- ↑ „Shap Award 2014“. www.shapworkingparty.org.uk. Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.
- ↑ United Nations Alliance of Civilizations
- ↑ BWW News Desk. „National Theatre's Public Acts Initiative Launches With Shakespeare's PERICLES In The Olivier Theatre“ (en). BroadwayWorld.com. Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.
- ↑ „Open your art - Urban Dialogues exhibition at Red Gallery - East End Review“ (2013-yil 8-oktyabr).
- ↑ Davies, Bess Twiston. „A choir has no duff notes when it sings out interfaith unity“. The Times (2014-yil 1-mart).
- ↑ „Always wanted to sing? Try the Mixed Up Chorus - Kentishtowner“. www.kentishtowner.co.uk (2014-yil 9-yanvar).
- ↑ „Middle East - The Faith & Belief Forum“ (en-GB). The Faith & Belief Forum. 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.
- ↑ „Mayor of Camden“. www.camden.gov.uk. 2018-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
- ↑ „Doha International Center for Interfaith Dialogue“. www.dicid.org. 2018-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
- ↑ „Shap Award 2014“. www.shapworkingparty.org.uk.
- ↑ „Undergraduate ParliaMentors - UNAOC“ (2011-yil 17-mart).
- ↑ United Nations Alliance of Civilizations