Faradometr, faradometr (farada va …metr) – sanoat chastotasidagi oʻzgaruvchan tok elektrotexnika buyumlari (kondensatorlar, kabellar va boshqalar)ning elektr sigʻimini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Faradometrda bevosita oʻlchovchi mexanizm sifatida elektromagnit, elektrodinamik yoki ferrodinamik logometr qoʻllangan. Bu faradometrlarning shkalalari mkF va pF da darajalanadi. Magnitoelektr oʻlchash mexanizmli faradometrlar ham bor.