Faraxli noyabr (film 2001)
"Faraxli noyabr" (inglizcha: Sweet November) – Kianu Rivz va Sharliz Teron ishtirokidagi Amerika melodramasi. Tanqidchilarning yomon baholari tufayli film 2001-yilda „Eng yomon remeyk yoki sikvel“ nominatsiyasida „Oltin malina“ mukofotiga nomzodlikka qoʻyilgan, Kianu Rivz va Sharliz Teron esa mos ravishda „Eng yomon aktyor“ va „Eng yomon ayol roli“ nominatsiyasiga nomzodligi koʻrsatilgan[1].
Faraxli noyabr | |
---|---|
Sweet November | |
Rejissyor(lar) | Pet Okonnor |
Prodyuser(lar) |
Elliot Kastner Stiven Reuter Debora Stof] Ervin Stoof |
Ssenariynavis(lar) |
Pol Yurik Kurt Velker |
Rollarda | Kianu Rivz, Sharliz Teron |
Bastakor(lar) | Kristofer Young |
Mamlakat | AQSh |
Byudjeti | 40 million.$ |
Daromadi | 65 754 228 $ |
Syujeti
tahrirBiznesmen Nelson Moss, karyerasi uchun shaxsiy hayotini qurbon qiladigan reklama agenti. Shu paytgacha uchrashgan hech qaysi ayolga oʻxshamaydigan Sara bilan tanishibqoladi. Ularning mutlaqo tasodifiy tanishuvi yana bir nechta uchrashuvlar bilan davom etadi. Sara bir oz gʻalatiroq, quvnoq qiz edi va Nelsonning hayotini tubdan oʻzgartiradi. Qiz unga hayotni va undan qanday zavqlanishni koʻrsatadi. Nelson Saraning doʻstlari bilan uchrashadi va bu uni bagʻrikeng insonga aylanishiga olib keladi.
Noyabr oyining har bir kunini ular birga oʻtkazar ekan, Nelson Saraga borgan sari oshiq boʻlib, u uchun avvalgi zerikarli hayoti va karyerasidan voz kechadi. Unga turmush qurishni taklif qiladi va Sara birinchi marta „ha“ demoqchi ekanligini taʼkidlaydi.
Nelson, Sara saraton kasalligidan oʻlayotganini bilib oladi. Nelson uning oʻlimini koʻrishga chiday olmasligini bilgani sababli, Sara munosabatlarini uzishga qaror qiladi va Nelsondan ketishini soʻraydi. Nelsonning iltimosiga binoan, Sara yana bir kun u bilan qoladi. Xayrlashish paytida, Sara shunday deydi: „Meni kuchli va goʻzal deb eslab qolishingizni xohlayman. Agar siz meni shunday eslasangiz, men hech narsadan qoʻrqmayman“. Sara Nelsonning koʻzlarini bogʻlaydi, uni oxirgi marta uni oʻpadi koʻzlari bogʻlangan holda qoldirib ketadi[2].
Rollarda
tahrirAktyor | Rol |
---|---|
Kianu Rivz | Nelson Moss |
Sharliz Teron | Sara Diver |
Djeyson Ayzeks | Chass |
Grag German | Vins |
Loren Graham | Anjelika |
Eyken Liam | Ebner |
Frank Lanjella | Edgar Prays |
Maykl Rozenbaum | Brendi |
Soundtrack
tahrir№ | Nomi | Ijrochi | Davomiyligi |
---|---|---|---|
1. | „Cellophane“ | Amanda Gost | 3:33 |
2. | „Only Time“ | Eniya | 3:38 |
3. | „Shame“ | Jeremy Court | 3:21 |
4. | „Touched by an Angel“ | Steve Nix | 4:23 |
5. | „The Consequences of Falling (Lenny B Remix)“ | Katrene Lang | 4:16 |
6. | „Heart Door“ | Coul Polla | 4:08 |
7. | „My Number“ | Tegan and Sara | 4:09 |
8. | „Off The Hook“ | Barenaked Ladies | 4:34 |
9. | „Rock DJ“ | Robbi Williams | 4:16 |
10. | „Baby Work Out“ | Jack Wilson | 3:00 |
11. | „You Deserve To Be Loved“ | Tracy Dawn | 5:02 |
12. | „Wherever You Are“ | Selesta Prince | 4:17 |
13. | „The Other Half Of Me“ | Bobby Daren | 2:27 |
14. | „Calafia“ | Jump With Joey | 5:25 |
15. | „Middle of the Night“ | Rick Brown | 4:25 |
16. | „Time After Time“ | Kianu Rivz | 00:59 |
Manbalar
tahrir- ↑ „2001’s Berry Biggest B.O. Bombs ‘FINGERED’ in Tinsel Town’s Top Turkey Trot: The 22nd RAZZIES“. 2015-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-yanvar.
- ↑ Antony Leoung. „Sweet November Movie Review“. MediaCircus. — „Nothing that happens on the screen is believable, as the screenwriters had to dumb-down the characters, mix up their motivations, and twist the circumstances in order for the story to work. This 'artificial sweetness' is further exacerbated by the lack of chemistry between the two leads.“. 2011-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 18-sentyabr.