Farida Mansurova
Farida Hamidovna Mansurova (1952-yil 2-may – 2021-yil 1-iyul) – Tojikistonlik fiziolog va ilmiy tadqiqotchi, gastroenterologiya boʻyicha tibbiyot fanlari doktori.
Farida Mansurova | |
---|---|
Tavalludi |
1952-yil 2-may |
Vafoti |
1-iyul 2021-yil (69 yoshda) Tojikiston |
Fuqaroligi | SSSR va Tojikiston |
Taʼlimi | Tojikiston davlat tibbiyot instituti |
Kasbi | Shifokor Gastroenterolog |
Biografiyasi
tahrirSamarqand shahrida shifokor oilasida tugʻilgan Farida Mansurova Hamid Mansurov va Irina Mansurovalarning kenja farzandi boʻlgan. Farida Mansurova ilk taʼlimni tumanida joylashgan rus maktibida olgan.1959—1969-yillar davomida u mahalliy rus maktabini muvaffaqiyatli tamomlagan. Oʻrta maktabni yakunlagach, Tojikiston davlat tibbiyot institutiga oʻqishga kirgan.
Farida Mansurova 1975-yilda Tojikiston davlat tibbiyot institutini tamomlagan va 1977-yilgacha shu muassasaning ichki kasalliklar boʻlimida internatura bosqichida tahsil olgan. 1977-yildan 1982-yilgacha Tojikiston davlat tibbiyot institutining klinikasi Gastroenterologiya boʻimida faoliyat yurtigan. Keyingi ish faoliyatini Gastroenerologiya ilmiy institutida Tibbiyot biokimyosi boʻlimi ilmiy xodim sifatida davom ettirgan. 1982-yildan boshlab 2002-yil yanvarigacha Tojikiston Davlat Tibbiyot Instituti biokimyo kafedrasini boshqargan. 1984-yilda Moskva Sechenov tibbiyot akademiyasida oʻzining ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1998-yilda Tojikiston Davlat tibbiyot institutida nomzodlik dissertatsiyasini aʼlo baholar bilan himoya qilgan va doktorlik unvonini qoʻlga kiritgan. 2002-yil 1-fevraldan boshlab Farida Mansurova Gastroenterologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorining yordamchisi lavozimida faoliyat yurita boshlagan[1], ilmiy tadqiqot instituti direktor yordamchisi lavozimda 2010-yilgacha ishlagan. Keyinchalik esa Biologiya va amaliy tibbiyot markazi laboratoriyasida oʻz faoliyatini boshlagan[2].
Tojikiston Fanlar Akademiyasi aʼzosi Farida Mansurova oʻz faoliyati davomida oʻn beshta maqola[3] va jami 235 dan ortiq ilmiy ishlarga mualliflik qilgan. Farida Mansurova muallifligida uchta monografiya chop etilgan[4]. Farida Mansurova qoʻl ostida koʻplab talabalar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Mansurov, Hamid - Prominent tajik figures of the“. fayllar.org. 2018-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-noyabr.
- ↑ „МАНСУРОВА Фарида Ҳамидовна - М - Энциклопедия - Каталог статей - ТГМУ имени Абуали ибни Сино“. Old.tajmedun.tj (2013-yil 16-fevral). 2017-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-noyabr.
- ↑ „Farida Mansurova - Academy of Sciences of the Republic of Tajikistan, Dushanbe - on ResearchGate“. ResearchGate. Qaraldi: 2017-yil 16-noyabr.
- ↑ „Шӯъбаи биокимиёвӣ / Отделение клинической биохимии - ИНСТИТУТ ГАСТРОЭНТЕРОЛОГИИ МЗ СЗН РЕСПУБЛИКИ ТАДЖИКИСТАН“. gastroenterology.tj. 2017-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-noyabr.