Farruxru Parsa
Категория:Персоналии по алфавиту Farruhru Parsa (forscha: فرخرو پارسا 1922 - yil 21-mart, Qum - 1980 - yil 8-may, Tehron) — eronlik siyosatchi, shifokor, oʻqituvchi, 1968—1971-yillarda taʼlim vaziri va Eronning birinchi ayol vaziri.
Hayoti
tahrirFarruhru Parsa 1922-yilda Qumda tugʻilgan. Uning onasi Faxre-Afag Parsa Erondagi birinchi ayollar jurnali “Jahan-e zen” (“Ayollar dunyosi”) muharriri va ayollarning ta’lim olish huquqini himoya qilgan. Shu sababdan 1921-yilda turmush oʻrtogʻi Farruhdin Parsa bilan birga uy qamogʻida Qum shahriga surgun qilinadi. Biroz vaqt oʻtgach, yangi bosh vazir Hasan Mostovfi oilaga Tehronga qaytishga ruxsat berdi.
Farruxru Parsa tibbiy taʼlim oldi, shundan soʻng u Janna Dark maktabida oʻqituvchi boʻlib ishga kirdi va u yerda boshqa narsalar qatori Eronning boʻlajak imperatori Farah Dibaga dars berdi..
1963-yilda Parsa Eron parlamentiga saylandi va deyarli bir vaqtning oʻzida shoh Muhammad Rizo Pahlaviyga eronlik ayollarga ovoz berish huquqini berish toʻgʻrisida petitsiya yozishni boshladi, bu oʻsha yili xalq konstitutsiyaviy referendumidan soʻng amalga oshirildi. 1965-yilda u oʻrinbosari, 1968-yilda esa Eron taʼlim vaziri boʻldi.
Eron inqilobi davrida Farruhru Parsa qamoqqa olinadi. 1980-yil 8-may kuni otib oʻldiriladi. Oʻzining bolalariga yozgan soʻnggi maktubida Parsa quyidagilarni yozadi: Men shifokorman va oʻlimdan qoʻrqmayman. Oʻlim - bu bir lahza, xolos. Erkak va ayol tengligi uchun yarim asrlik kurashimdan tavba qilishimni kutayotganlarga boʻysunmayman. Men parda kiyib, oʻtmishga qaytmayman. Men lattalarga uralib uyatda yashashdan koʻra, oʻlimni qoʻllarimni ochib kutib olganim ma’qul.
Ajablanarlisi shundaki, Eron inqilobiy faollari Muhammad Beheshti, Muhammad-Javad Bahonar va Muhammad-Ali Rejayi Parsa davrida Eron taʼlim vazirligi hisobidan Eron universitetlarida taʼlim olishgan. Aynan uning ruxsati bilan vazirlik Gamburgda Beheshti islom maktabi va Bahonar tomonidan Tehrondagi bir qancha ilohiyot maktablarini ochish uchun mablagʻ ajratdi[1].
- ↑ Pirnia, Mansureh (2007), Madam Minister: A Collection of Memoirs and Notes Written by Farrokhroo Parsa