Fath Alishoh
Fath Alishoh (haqiqiy ismi — Boboxon) (1771-yil - 1834-yil 24-oktyabr, Qum shahrida dafn etilgan) — Qojarlar sulolasidan boʻlgan Eron shohi (1797-yildan). Fath Alishoh hukmronligi davrida Eron ichki nizolar tufayli zaiflashib, Yevropa davlatlari va podsho Rossiyasining mustamlakachilik yurishlari obʼyektiga aylangan. Fath Alishoh Fransiya (1807), Buyuk Britaniya (1801, 1809, 1814), Rossiya (1813, 1828) bilan tengsiz bitimlar imzolagan.
Fath Alishoh | |
---|---|
Tavalludi | 1771[1] |
Vafoti | 23-oktyabr 1834 |
Fuqaroligi | Qojarlar davlati |
Otasi | Husaynqulixon Qojar |
Onasi | Asiye Khanum Ezzeddin Qajar |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |