Fath masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Masjid
Fath masjidi
Fath
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Olimxoʻja domla Shamshixoʻjayev
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Fath masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Nazarbek nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Xamid Olimjon koʻchasi 23-uyda joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Baxodir domla Rahmatullayev boʻlib, ushbu masjidga Nazarbek nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Xamid Olimjon koʻchasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar bilan birga unga yaqin boʻlgan hududlardan namozxonlar buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi.

Tarixi

tahrir

Fath jome masjidining binosi mustaqillikning ilk yillarida, 1986-yil atrofida mahalla ahlining saʼy-harakati bilan hashar yoʻli orqali qurilgan. Masjidning birinchi gʻishtini fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari qoʻyib berganlar. Ramadon jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 23-oktabr kuni 30-raqamli roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Hozirda ushbu masjid oʻz bagʻriga 1500 nafardan ziyodroq boʻlgan namozxonlarni sigʻdira oladigan zamonaviy va shinam binoga ega. Masjid nomi aholi taklifiga koʻra „Fath“ nomi bilan nomlangan[1].

Masjid Nazarbek hududida eng birinchi qurilgan yangi masjid boʻlgani sababli „Fath“ deb nom berilgan. Masjid 20 yildan ziyod vaqtdan beri musulmonlarga xizmat qilib kelayotgan edi. Uning atrofi yogʻoch eshik-romlar bilan oʻralgan boʻlgani uchun koʻp yillik qish sovugʻi, yomgʻirli va yozning issiq kunlari sabab ancha eskirib, devorlari yorilib qolgan edi. Xonaqoh polinig taxtalari ham eskirib qolgan, sovuq kunlarda oyoq osti juda ham zax boʻlib ketar edi. Bu holatlar namozxonlarga ayniqsa, yoshi katta insonlarga noqulayliklar boʻlayotgan edi. Soʻngi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan masjidlarni buzib qayta qurish, ulugʻ qadamjolarni taʼmirlash ishlari kabi obodonlashtirish masalasidan masjidning faol jamoasi rahbariyat ruxsati bilan masjidni toʻliq taʼmirlash ishlariga kirishishdi. Bir yarim yil davom etgan qurilsih ishlari 2014-yil 25-iyul kuni, Ramazon oyining birinchi Jumasida nihoyasiga yetib, namozxonlarga Ramazon tuxfasi sifatida tahdim etildi. Eski yogʻoch eshik va romlari olib tashlanib, yangi, zamonaviy, har mavsumga yaroqli deraza va eshiklar oʻrnatildi. Masjid poli ham yangilanib, ostiga sovuq vaqtlarida isitish moslamasi oʻrnatildi va yangi gilamlar toʻshaldi. Shuningdak masjid shiftlari ham toʻliq taʼmirlandi[3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „ФАТҲ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. uzorg.info. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  3. „Фатҳ масжиди“. info.islom.uz. info.islom.uz. 2023-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.