Fathulla Nosirov
Fathulla Rasulovich Nosirov — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.
Fathulla Rasulovich Nosirov | |
---|---|
Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Xorazm viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi- | |
Mansab davri 1944 – 1947-yillar | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1911-yil Тoshkent |
Vafoti |
1956-yil 17-dekabr Тoshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirFathulla Rasulovich Nosirov 1911-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
Nosirov 1929-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1929—1956-yillarda muhandis, Oʻzbekiston SSR Kommunal xoʻjaligi xalq komissarligi xodimi, Qizil Armiya muhandislik qoʻshinlarida Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi boʻlim mudiri, Frunze okrug komiteti kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Oktyabr okrug qoʻmitasi birinchi kotibi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. Shu bilan birga, „Farhadgesstroy“ partiya qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasi ikkinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR yengil va toʻqimachilik sanoati vaziri, Oʻzbekiston SSR paxtachilik vaziri, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari vazifalarida ham mehnat qilgan.
Fathulla Rasulovich shuningdek, Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-, 3- va 4-chaqiriqlari deputati etib ham saylangan.
Davlat va siyosat arbobi Nosirov 1956-yilda Toshkentda vafot etgan.