Fatih Mehmet Maçoğlu
Fatih Mehmet Maçoğlu (1968-yil 20-dekabr; Ovaсik, Tunсeli) – asli kelib chiqishi kurd boʻlgan laboratoriya xodimi va Tunjeli viloyatining saylangan hokimi. 2014-yil Turkiyadaning mahalliy saylovlarda Machogʻlu Turkiya Kommunistik partiyasidan nomzod sifatida Ovajik shahar hokimi etib saylanadi va u ayni paytda Turkiyaning ilk TKP partiyasidan saylangan hokimi hisoblanadi. Machogʻlu saylovda Turkiya Kommunistik partiyasi (TKP) va Demokratik Huquqlar Federatsiyasi (DHF)ning nomzodi sifatida ishtirok etgan.
Faoliyati
tahrirMaçoğlu Tuncelining Çemberlitaş qishlogʻida yashab kelgan alaviy zaza oilasida tugʻildi. Boshlangʻich taʼlimni Ovacikda, oʻrta taʼlimni Bingöl salomatlik kasb-hunar liseyida tamomladi. Mehnat faoliyatini 1989-yilda Koʻniyaning Boʻzqir tumanida sogʻliqni saqlash xodimi sifatida boshlagan. 1992–2007-yillarda Tunjelining Pertek tumanida faoliyatini davom ettirdi. 2006-yil Chilimli tuman boshqaruviga tayinlanadi, ammo bu qarorni amalga oshirishning iloji boʻlmaydi. U 2007-yildan boshlab Tunjeli davlat kasalxonasining tez yordam boʻlimida tibbiyot xodimi boʻlib ishlay boshlaydi. Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat xodimi, kasaba uyushmasi aʼzosi boʻlgan Maçoğlu uylangan va 2 nafar farzandi bor.
Ovajik shahar hokimligi
tahrirMaçoğlu 2014-yilgi mahalliy saylovlar uchun davlat lavozimidan isteʼfoga chiqadi va Tunjelining Ovajik tumani hokimligiga oʻz nomzodini qoʻyadi va saylovda gʻalaba qozonadi.
Uning raqibi, avvalgi shahar hokimi Mustafo Sariqgul (BDP) 2009-yilda boʻlib oʻtgan mahalliy saylovlarda Ovajik shahar hokimi boʻlish uchun Respublika Xalq partiyasidan oʻz nomzodini qoʻyib, gʻalaba qozongandi. Ammo 2013-yilning iyulida Respublika Xalq partiyasining pozitsiyasiga norozilik bildiradi va isteʼfoga chiqadi. Keyinchalik esa Tinchlik va Demokratiya partiyasiga qoʻshiladi. 2014-yil Turkiyadagi mahalliy saylovlarda Fotih Mehmed Maçoğlu Turkiya Kommunistik partiyasidan oʻz nomzodini qoʻyadi va 36,1 % ovoz oladi Shu tariqa Maçoğlu Turkiya Kommunistik partiyasidan shahar hokimligini qoʻlga kiritgan birinchi shaxsga aylanadi[1].
Mochoʻgʻlu, davlat gʻaznasiga tegishli 650 gektar yerga noʻxat, quruq loviya va kartoshka ekib, undan olingan daromad bilan tumandagi kam taʼminlangan oilalarga yordam berib keladi va 78 nafar talabaga oyiga 200 liradan stipendiya ajratadi. Ayni paytda hokimlikka tegishli boʻlgan avtomabillarni sottiradi. Oʻzi esa jamoat transportidan foydalanib keladi. Shahar avtobuslarini hokimlik hisobiga oʻtkazib, transportdan foydalanishni mutlaqo bepul qilib qoʻyadi. Bundan tashqari Tunjelida 10 ming kitobni oʻzida jamlagan ikkita kutubxona tashkil qildiradi.
Tunceli Viloyat hokimligi
tahrir2019-yil 31-mart kuni boʻlib oʻtgan mahalliy saylovlarda Ovajik shahar hokimi va TKP nomzodi, kommunist shahar hokimi sifatida tanilgan Fatih Mehmet Mochogʻlu Tunjelining yangi hokimi etib saylanadi. Shu tariqa Fatih Mehmet Machoʻgʻli TKPdan Turkiyaning birinchi viloyat hokimiga ham aylangandi.
Fotih Mehmet Maçoğlu, Tunjeli hokimi boʻlib ishlagan vaqtlarda 2020-yil 22-iyun kuni shifoxonada yotqizildi. Unda koronavirus aniqlangan. Biroz vaqt oʻtgach, Maçoğlu COVID-19 dan tuzalib ketgan[2].
Manbalar:
tahrir- ↑ „Komünist nohut, üniversitelileri okutuyor“ (2009-yil 10-noyabr). 2010-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Tunceli Belediye Başkanı Fatih Mehmet Maçoğlu'nun koronavirüs testi pozitif çıktı“ (2020-yil 20-aprel). 2020-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-oktyabr.