Fatima Whitbread (sportchi)
Fatima Whitbread BIO (Fatima Vedad, 1961-yil 3-martda tugʻilgan) – nafaqadagi britaniyalik nayza uloqtiruvchi. U 1986-yilda Shtutgartda boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha Yevropa chempionatining saralash bosqichida 77,44 metrga nayza uloqtirish boʻyicha (jahon rekordini yangilagan holda) gʻolib chiqdi. Fatima nayza uloqtirish boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan birinchi britaniyalik sportchi edi. Whitbread 1987-yilgi Jahon chempionatida gʻolib chiqdi. U ,shuningdek, ikki karra Olimpiada sovrindori: 1984-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida bronza va 1988-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Qiyin kechgan bolalik yillaridan soʻng, uni nayza uloqtirish boʻyicha murabbiy Margaret Whitbread oilasi asrab oldi. Whitbread 1977-yilgi ingliz maktablari atletika chempionatining oraliq unvonini qoʻlga kiritdi va 1978-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlari uchun tanlangan va Hamdoʻstlik oʻyinlarida oltinchi oʻrinni egallagan. Keyingi yili Whitebread 1979-yilgi Yevropa yengil atletika chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Faoliyati davomida Whitebread boshqa britaniyalik nayza uloqtiruvchi sportchi Tessa Sanderson bilan raqobatlashgan edi. Whitebread 1990-yilgi Buyuk Britaniyadagi yengil atletika chempionatida oxirgi sport musobaqasini oʻtkazib, 1992-yilda sportni rasman tark etganini eʼlon qildi.
Yoshligi
tahrirFatima Whitbread 1961-yilning 3-martida Londonning Stok-Nyuington shahrida tugʻilgan[1]. U bir qator bolalar uylarida ulgʻaygan[2]. 2003-yilda The Observer nashriga bergan intervyusida u shunday dedi: „Bu bolalikdagi dahshatli tush edi va men sportni juda yaxshi koʻrganim uchungina men uni yengib oʻtib, haqiqiy onam bilan uchrashdim“.[1]
Whitbread 11 yoshida nayza otishni boshladi Uning soʻzlariga koʻra, u Atalanta afsonasidan va 1972-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining ayollar beshkurashida oltin medalni qoʻlga kiritgan Meri Petersdan ilhomlanib, yengil atletika musobaqalariga qiziqish bildirgan[3]. Whitbread stadionda nayza uloqtiruvchi Devid Ottli bilan uchrashdi va undan nayza uloqtirish mumkinmi, deb soʻradi. U murabbiy kelguncha kutishni iltimos qildi. Murabbiy mahalliy maktabning jismoniy tarbiya oʻqituvchis Margaret Whitbread boʻlib, Whitbread u bilan avvalroq Whitbread oʻzi oʻynagan netbol oʻyinida hakamlik qilganida tanishgan. Uch yil oʻtgach, Whitbread Margaret Whitbread va uning oilasi tomonidan asrab olingan. U oʻsmirlik yillarini Esseksdagi Chadwell Sent-Meri shahrida oʻtkazdi va u yerda Greys yaqinidagi Torells maktabida oʻqidi[4][5].
Faoliyati
tahrirDastlabi faoliyati
tahrirFatima Whitbread 1977-yilda ingliz maktablari atletika chempionatida oraliq unvonni qoʻlga kiritdi. Keyingi oyda Havaskor Atletika Assotsiatsiyasining (AAA) ayollar chempionatida gʻalaba qozondi[6]. U 1978-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida nayza uloqtirishda 49.16 natija bilan oltinchi oʻrinni egalladi.
Fatima Whitbread 1983-yilda 18 ta musobaqada britaniyalik raqibi Tessa Sandersonni ortda qoldirgan.
Jahon rekordi, Yevropa va jahon chempionatlarida gʻalabalari
tahrirWhitbread 1986-yilgi Yevropa chempionatining saralash bosqichida nayza uloqtirish boʻyicha jahon rekordini 77,44 m ga yangiladi, bu oʻtgan yilgi
Sharqiy germaniyalik Petra Felke tomonidan oʻrnatilgan rekorddan 2 m ortiqroq edi. Whitbread nayza uloqtirish boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan birinchi britaniyalik sportchi edi[7].
Whitbread 1987-yilgi Jahon chempionatining finalida Felkedan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi[8]. Whitbread 1987-yilda BBCning „Yil sportchisi“ mukofoti gʻolibi boʻlgan[9].
Keyingi faoliyati
tahrir1988-yilda Seulda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlari oldidan bir necha oy ichida Whitbread bir qancha kasalliklardan aziyat chekdi: yelka jarohati, furunkul, bez isitmasi va tish bilan bogʻliq muammolar[10].
Whitbreadning keyingi karyerasiga yelkasidan olgan jarohati taʼsir koʻrsatdi. 1990-yilgi Buyuk Britaniyada yengil atletika chempionati u ishtirok etgan soʻnggi sport musobaqasi boʻlib, u yerda yana yelkasidan jarohat oldi. 1992-yilda Whitbread sportni tark etdi[11].
Yil | Musobaqa | Joy | oʻrin | Masofa | Mnb. |
---|---|---|---|---|---|
1978-yil | Hamdoʻstlik oʻyinlari | Edmonton, Kanada | 6 | 49,16 m | [12] |
1979-yil | Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati | Bydgoshcz, Polsha | 1-chi | 58,20 m | [13] |
1980-yil | Olimpiya oʻyinlari | Moskva, Sovet Ittifoqi | 18 (q) | 49,74 m | [14] |
1982-yil | Yevropa chempionati | Afina, Gretsiya | 8 | 65,10 m | [13] |
1982-yil | Hamdoʻstlik oʻyinlari | Brisben, Avstraliya | 3 | 58,86 m | [12] |
1983-yil | Jahon chempionatlari | Xelsinki, Finlandiya | 2 | 69,14 m | [13] |
1984-yil | Olimpiya oʻyinlari | Los-Anjeles, Amerika Qoʻshma Shtatlari | 3 | 67,14 m | [13] |
1985=yil | IAAF jahon chempionati | Kanberra, Avstraliya | 3 | 65,12 m | [13] |
1986-yil | Hamdoʻstlik oʻyinlari | Edinburg, Buyuk Britaniya | 2 | 68,54 m | [12] |
1986-yil | Yevropa chempionati | Shtutgart, Gʻarbiy Germaniya | 1-chi | 76,32 m | [13] |
1986-yil | Gran-pri finali | Rim, Italiya | 2 | 69,40 m | [15] |
1987-yil | Jahon chempionati | Rim, Italiya | 1-chi | 76,64 m | [13] |
1988-yil | Olimpiya oʻyinlari | Seul, Janubiy Koreya | 2 | 70,32 m | [13] |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Jackson. „Triumph and despair: Fatima Whitbread“. The Observer (2003-yil 2-mart). 2012-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Adie, Kate „2. What is your mother's name?“, . Nobody's Child, Digital, London: Hodder & Stoughton, 2005. ISBN 978-1-84894-360-5.
- ↑ Whitbread, Fatima „9. The turning point“, . Fatima. London: Pelham, 1988 — 92–114-bet. ISBN 978-0-7207-1856-0.
- ↑ Read. „Joe Pasquale: Essex boy at heart“ (en-UK). Great British Life (2016-yil 9-may). 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ Whitbread, Fatima. Survivor: The Shocking and Inspiring Story of a True Champion. Virgin Books, 2012. ISBN 978-0-7535-4096-1.
- ↑ Temple, Cliff. A welcome British selection in Clover. The Times (1977-yil 23-avgust), s. 8.
- ↑ Rodda, John. Whitbread's world record earns morning glory. The Guardian (1986-yil 29-avgust), s. 20.
- ↑ Javelin duo lift GB hopes. Cambridge Evening News (1987-yil 5-sentyabr), s. 4.
- ↑ „Sports Personality of the Year – Past Winners“. BBC Sport. 2004-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 23-noyabr.
- ↑ Mays, Ken. Whitbread has happy return. The Daily Telegraph (1988-yil 15-avgust), s. 30.
- ↑ Taylor, Louise. Javelin stalwart admits defeat; Fatima Whitbread. The Times (1992-yil 14-yanvar), s. 36.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 „Fatima Whitbread“. The Commonwealth Games Federation. 2022-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-may.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 13,5 13,6 13,7 „Fatima Whitbread: Honours Summary“. World Athletics. 2021-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-may.
- ↑ „Athletics at the 1980 Moscow Summer Games: Women's Javelin Throw“. Sports Reference. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „IAAF Grand Prix Final“. GBR Athletics. 2012-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-may.