Ushbu fayl Vikiomborga yuklangan boʻlib, boshqa loyihalarda ham qoʻllanilishi mumkin.
Uning tavsif sahifasidan olingan maʼlumot quyida keltirilgan.
Qisqa izoh
TaʼrifDobusqal'a ziyoratgohi.jpg
Oʻzbekcha / ўзбекча: Dobusiya yoki Dobusqal’a Paxtachi tumanining eng kohna va qadimiy tarixdan so’zlovchi o’lkasi. Samarqand bilan Buxoro shaharlarini o‘zaro bog‘lab turgan Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan qadimgi shaharlar ichida eng yirigi va ahamiyatlisi bu Dobusiya shaharchasidir. Bu qadimiy shahar O’rta Osiyo svilizatsiya markazlaridan bo’gan desak ham adashmagan bo’lamiz. Zarafshon daryosining chap qirg‘og‘ida joylashgan bu shahar barcha Sharq shaharlari kabi uch qismdan: ark, shahriston va raboddan iborat bo’lgan. Shahar arkida hukmdor, ya’ni davlatni boshqargan rahbar va saroy ayonlari yashashgan. Shahristonda shaharliklar hamda aslzodalar hayot kechirgan. Shaharning rabod qismida esa hunarmandlar, savdogarlar va qo‘shin askarlari istiqoad qilgan. Shahar atrofi dushman hujumidan saqlanish uchun chuqur xandak va mustahkam mudofaa devori bilan o‘rab olingan bo’lgan. Dobusiya shahri rabodining shimoli g‘arbiy qismida imom Bahra ota xotirasiga maqbara bunyod qilingan. Ushbu maqbara haqida ayrim manbalarda Abu Xurayra maqbarasi deb ham keltiriladi. Maqbarada saqlangan qabrtoshlardan bu yerga dafn qilingan tarixiy shaxsning shaxsiyati haligacha aniqlanmagan. Imom Bahra maqbarasining g’ishtlari va me’moriy tuzilishiga qarab olimlar uni taxminan XV-XVI asrlarda barpo qilingan, deyishadi.
ulashishga – ishlanmani nusxalash, tarqatish va uzatish
remiks qilishga – ishni moslashtirishga
Quyidagi shartlar asosida:
atribut – Siz tegishli litsenziyaga havolani taqdim etishingiz va oʻzgartirishlar kiritilganligini koʻrsatishingiz kerak. Siz buni har qanday oqilona yoʻl bilan qilishingiz mumkin, lekin litsenziar Sizni yoki Sizning foydalanishingizni ma'qullashini taklif qiladigan tarzda emas.
bir xil ulashish – Agar Siz materialni remiks qilsangiz, oʻzgartirsangiz yoki unga asoslansangiz, oʻz hissalaringizni asl nusxadagi kabi bir xil yoki mos litsenziya ostida tarqatishingiz kerak.