Fayyum portretlari - Qadimiy Misrda ishlangan marhumlarning rangtasvir portretlari; dastgohli rangtasvirning qadimiy namunalari. 1887-yilda ilk bor eng yirik topilmalar aniqlangan joy (Fayyum vohasi) nomidan shunday atalgan. Eng rivojlangan davri I, III asrlar oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Fayyum portretlari mum rassomligi usulida taxtaga ishlanib, soʻng mumiyolangan murdalar tobutining yuz qismi oʻrniga qoʻyilgan. Fayyum portretlarining dastlabkilari matoga ishlangan. Baʼzan avvaldan xonadonlar uchun ham tayyorlanib, tasvirlangan shaxs vafotidan soʻng uning mumiyosiga qoʻyilgan. Fayyum portretlarining uslub jihatidan 2 — antik sanʼat anʼanalari hamda misrliklar sanʼatiga ergashgan yoʻnaliishari kuzatiladi. Fayyum portretlarida obrazlar oʻta hayotiy, aniq shakllar hajmli, chiziqlari ifodali, tekis qilib roʻparadan, baʼzan bir ozgina (3/4 ga) burilgan hodda nursoya vositasida shakllantirilgan. Fayyum portretlarining boy toʻplamlari Rossiya (Moskvadagi Tasviriy sanʼat muzeyi va Ermitajda), Misr (Qohiradagi Misr muzeyida), Buyuk Britaniya (Luvr, Britaniya muzeyida), Germaniya (Berlindagi davlat muzeylarida) va boshqalarda saqlanadi.