Fayzobod masjididagi portlash (2023)

2023-yil 8-iyun kuni Afg‘oniston shimolidagi Badaxshon viloyati Fayzobod shahridagi masjidda motam chog‘ida portlash sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘lgan, 38 kishi yaralangan. Xotira marosimida o‘sha haftada avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘lgan viloyat hokimi o‘rinbosari Nisor Ahmad Ahmadiy yodga olingan. Hujum viloyat markazi Fayzobod shahridagi Nabaviy masjidi yaqinida sodir etilgan. Hujum uchun javobgarlikni Islomiy davlat — Xuroson tashkiloti oʻz zimmasiga olgan[1][2][3][4].

Manbalar

tahrir