Fayzulla Karomatov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Fayzulla Muzaffarovich Karomatov (1925.14.12, Buxoro) — musiqashunos, folklorshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981). Sanʼatshunoslik fanlari doktori (1972), professor (1973). Toshkent pedagogika instituti(1944), Toshkent konservatoriyasi (1950)ni tugatgan. Buxoro teatrida (1941—43), Oʻzbek davlat filarmoniyasi simfonik orkestrida (1943—48) skripkachi. Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1949—50, 1954—55), musiqa boʻlimi mudiri (1955—93), direktor (1957— 64), bosh ilmiy xodim (1994-yildan). Ayni vaqtda, Toshkent konservatoriyasi dotsenti (1955—60), professor (1980— 1991), Sharq musiqasi kafedrasi asoschisi va mudiri (1972—80, 1991—97). Koʻpgina oʻzbek kuy va qoʻshiqlarini toʻplab, nashr ettirgan. Oʻzbek musiqa merosi, Oʻrta Osiyo xalqlari musiqa folklori masalalariga oid asarlar muallifi. Toshkent (1975), Samarqand (1978, 1983, 1987, 1997), Buxoro (1990, 2001)da oʻtkazilgan xalqaro ilmiy anjumanlarning tashkilotchilaridan, shuningdek, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida koʻpgina musiqa anjumanlari qatnashchisi. K. YUNESKO qoshidagi musiqa kengashlari (ICM, IOV, CIOFF) aʼzosi. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).
Manbalar
tahrir- Oʻzbekskaya dombrovaya muzika, T., 1962; Oʻzbekskaya instrumentalnaya muzika, T., 1972; Oʻzbek xalq musiqa merosi, 1—2 j., T., 1978—85; Muzikalnoye iskusstvo Pamira (N. Nurjonov bilan hamkorlikda), M., (1—2-kitob), 1978-86.
Adabiyot
tahrir- Abdull aye v R., Fayzulla M.Karomatli, T., 1996.[1]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |