Fazotron
Fazotron (faza... va ... tron) — vaqt boʻyicha doimiy magnit maydonga ega boʻlgan va tezlatuvchi elektr maydonining chastotasi kamayib boradigan siklik rezonans tezlatkich; ogʻir zarra (proton, deytron, azarra) larni tezlatishda qoʻllanadi. Fazotronning asosiy qismlari doimiy elektromagnit va magnit qutblari orasida joylashgan hamda tezlashtiruvchi elektrod (duant)lar oʻrnatilgan vakuum kameradan iborat. Vakuum kamera markazida zaryadlangan zarralar manbai joylashgan. Bu manbadan chiqayotgan zarralar doimiy magnit maydonda aylanma harakat qilib, elektrodlar orasidagi tirqishdan har bir oʻtishida elektr maydon taʼsirida tezligini oshiradi. Zarralar tezligi ortgan sari aylanish radiusi ham ortib borib, spiralsimon trayektoriya hosil qiladi, zarraning massasi ortib boradi, natijada aylanish davri ham ortadi va tezlatuvchi yuqori chastotali elektr maydonning chastotasi kamayib boradi. Magnit tizimi qoʻpol boʻlgani uchun zarraga 1 GeV dan ortiq energiya beradigan fazotron qurish samarali emas: bunday hollarda sinxrofazotronparlan foydalaniladi. Fazotron impulyeli rejimda, yaʼni sinxrotron (rezonans) rejimda ishlaganda qolgan zarralar guruhi energiyasi mumkin boʻlgan eng katta qiymatga erishganda fazotrondan chiqib ketadi va fazotronning parametrlari oʻzining boshlangʻich qiymatiga qaytadi hamda tezlatishning yangi sikli boshlanadi (yana qarang Tezlatkichlar).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |