Februus
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Februus (lotincha: Februus) — oʻliklarning ruhlari yashaydigan yer osti dunyosining etrusk xudosi[1]. Shuningdek, u boylik, oʻlim va poklik beruvchi sifatida tasvirlangan. Qadimgi Rim dinida Februus poklik xudosi edi. Yer osti xudosining vazifalarini Pluton bajargan. Februus nomidan rimliklar orasida fevral oyi nomi kelib chiqqan[2][1].
Mifologiya | qadimgi Rim dini va etrusk mifologiyasi |
---|---|
Jins | erkak |
Luperkaliya bayramiga (15-fevral — dies februatus) toʻgʻri kelgan tozalash marosimlari (februa, februare, februum), qadimgi Rim oy taqvimiga koʻra toʻlin oy chiqishi vaqtiga toʻgʻri kelgan. Bu marosimlar vaqt o'tishi bilan Faun xudosi sharafiga oʻtkaziladigan Luperkaliya bayramiga toʻgʻri kelgan. Ushbu o'zaro bogʻliqlik tufayli ikki xudo (Faun va Februus) ko'pincha bir belgi sifatida koʻrilgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Ausführliches lateinisch-deutsches Handwörterbuch, 1895
- ↑ В. Д. Грошев «Календарь российского земледельца (народные обычаи и приметы)», — М: МСХА, 1991, С. 10. ISBN 5-7230-0074-8
Adabiyotlar
tahrir- (ит.) Mauro Cristofani Etruschi una nuova immagine éditions Giunti gruppo, Florence 1984 ISBN 88-09601792-7
- (фр.) Le Thanatos d’Eutipide et le Charun étrusque L’Antiquité Classique 1 (1932), 70-73.