Federiko Rampini (1956-yil 25-martda tugʻilgan) – taniqli italyan jurnalisti, yozuvchi va oʻqituvchi. U oʻzining keng koʻlamli jurnalistik faoliyati bilan nafaqat Italiyada, balki xalqaro miqyosda ham tanilgan. Rampini Italiya va Amerika fuqaroligiga ega boʻlib, uzoq yillar davomida turli mamlakatlarda yashab, xalqaro siyosat, iqtisodiyot va madaniyat masalalarini yoritib kelgan. Uning ishi asosan „La Repubblica“ gazetasida nashr etilgan boʻlib, u yerda bosh xorijiy muxbir sifatida xizmat qiladi. 2019-yilda u Ernest Hemingveyn mukofoti bilan taqdirlangan[1].

Federiko Rampini
Tavalludi 25-mart 1956-yil (1956-03-25) (68 yosh)
Fuqaroligi Italiya, Amerika Qoʻshma Shtatlari
Taʼlimi Bocconi universiteti, Sapienza universiteti, École Pratique des Hautes Études
Kasbi Jurnalist, yozuvchi, oʻqituvchi
Faoliyat yillari 1977-yildan hozirgi kungacha
Turmush oʻrtogʻi Stefania
Bolalari Jakopo Rampini, Konstansa Rampini
Mukofotlari Ernest Hemingveyn mukofoti (2019)

Hayoti, taʼlimi

tahrir

Federiko Rampini 1956-yil 25-martda Genuya shahrida tugʻilgan. Uning otasi Yevropa Komissiyasida ishlaganligi sababli, Rampini bolaligini Bryusselda oʻtkazgan. U Bryusseldagi maktabni tamomlaydi. Keyinchalik u Milandagi Bocconi universitetida siyosiy iqtisodiyot boʻyicha taʼlim oladi. Keyinchalik u oʻqishni Rimdagi Sapienza universitetida davom ettiradi[2].

Rampini oʻzining siyosiy faoliyatini ham rivojlantirgan boʻlib, 1974-1984-yillar davomida Italiya Kommunistik partiyasi aʼzosi boʻlgan. Uning bu davrdagi faoliyati keyinchalik jurnalistik ishiga ham katta taʼsir koʻrsatgan. Rampini oilasi bilan AQShda yashaydi, 2014-yilda esa AQSh fuqaroligini qoʻlga kiritadi. Uning turmush oʻrtogʻi Stefania bilan ikki farzandi bor: Jakopo Rampini – taniqli aktyor va Konstansa Rampini – universitet professori.

Faoliyati

tahrir

Rampini jurnalistik faoliyatini 1977-yilda Italiya kommunistik yoshlar federatsiyasining haftalik jurnali „Città Futura“da boshlagan. 1979-yildan 1982-yilgacha u „Rinascita“ gazetasining iqtisodiy uyushma muharriri sifatida ishlagan. Bu davrda u oʻzining siyosiy va iqtisodiy tushunchalarini kengaytirib, keyinchalik xalqaro masalalar boʻyicha dolzarb maqolalar yozishni boshlaydi[3].

1982-yilda u „Mondo Economico“ gazetasi va „L’Espresso“ nashriga ishga oʻtadi. Rampini „Il Sole 24 Ore“ gazetasida besh yil davomida Fransiyadan muxbir sifatida faoliyat olib boradi, soʻngra bosh muharrir oʻrinbosari lavozimida ishlaydi. 1995-yilda u „La Repubblica“ gazetasida ishlaydi va avval Milandagi tahririyat boshligʻi, keyin Bryusselda bosh muxbir sifatida ish boshlaydi. 2000-yildan boshlab u San-Fransisko, Pekin va Nyu-Yorkda xorijiy muxbir sifatida xizmat qiladi.[4] Rampini muntazam ravishda G-8, G-20 kabi xalqaro sammitlarda jurnalistlik qilib keladi . U AQSh Prezidentligidan matbuotga akkreditatsiya olgan va Oq uydan ham yangiliklar tayyorlagan.[5].

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Federico Rampini Premio Hemingway 2019 per la sezione "Testimone del nostro tempo" | 35^ Edizione del Premio Hemingway 19 / 23 GIUGNO 2019 – LIGNANO“. www.premiohemingway.it. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.
  2. „Federico Rampini“. Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.
  3. Luca Mazzone (Wayback Machine saytida 20 August 2016 sanasida arxivlangan), 3 ottobre 2014
  4. Libero (Wayback Machine saytida 8 February 2016 sanasida arxivlangan), 12 febbraio 2015
  5. „Federico Rampini“. Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.
  6. „Federico Rampini Premio Hemingway 2019 per la sezione "Testimone del nostro tempo" | 35^ Edizione del Premio Hemingway 19 / 23 GIUGNO 2019 – LIGNANO“. www.premiohemingway.it. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.