Fedor Fedorovich Detengof (1898-yil 14-sentabr, Moskva1973-yil 31-oktabr, Toshkent ) — psixiatr, tibbiyot fanlari doktori, professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. O'zbekistonda psixiatriya fanining asoschilaridan biri. 1940-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasining psixiatriya kafedrasi mudiri. 1962-yildan 1972-yilgacha Toshkent shahar bosh psixiatri[1].

Fedor Detengof
Tavalludi 14-sentyabr 1898
Rossiya imperiyasi, Moskva
Vafoti 1973-yil 31-oktabr
Toshkent
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Kasbi Shifokor
Sohasi Psixatriya
Ish joylari Toshkent tibbiyot akademiyasi
Mukofotlari

U 1969-yilda Toshkent sud-psixiatriya ekspert komissiyasining boshqa aʼzolari bilan birgalikda Moskvada oʻtkazilgan statsionar sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasini rad etishda jasorat koʻrsatgani bilan mashhur. U komissiya bilan birgalikda mashhur sovet dissidenti Pyotr Grigorenkoning ruhiy salomatligi joyida ekanligini tasdiqladi. Independent Psychiatric Journal muharrirlari Detengofni "siyosiy maqsadlarda psixiatriyadan keng miqyosda foydalanish yillarida mahalliy psixiatriya sharafini saqlab qolgan" inson deya ta'riflashgan.

Biografiya

tahrir

Asli gollandiyalik bo‘lgan mashhur attor oilasida tug'ilgan. 1920-yilda Moskva davlat universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan, so'ngra psixiatriya klinikasida klinik ordinaturada o'qigan. Korsakov va G.I. Rossolimo rahbarligida asab klinikasida stajirovkani tamomlagan, shu vaqtda tuman narkologi bo'lib ishlagan[2].

1925-yildan 1927-yilgacha Detengof ruhiy kasal bemorlar uchun sanatoriyda rezident, keyinroq Moskvadagi bolalar psixonevrologiya klinikasida, Birinchi shahar psixiatriya kasalxonasida va Gannushkina nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy xodim bo'lib ishladi. 2-Moskva tibbiyot instituti fakulteti pediatriya kafedrasi assistenti bo‘lib ishlagan.

1938-yilda Detengof surunkali epidemik ensefalitda ruhiy kasalliklarning klinik ko'rinishi va kechishi bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1940-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining psixiatriya kafedrasi mudiri etib saylandi va shu yerda 30 yildan ortiq mehnat qildi.

U ekzogen psixozlar, shizofreniya klinikasi va ruhiy kasalliklarni davolash sohasida ilmiy tadqiqotlar bilan shug'ullangan. Oʻzbekiston SSRda psixiatriya yordamini tashkil etishga katta eʼtibor berdi.

1969-yilda Detengof o'zining sud-psixiatriya ekspert komissiyasi (E. B. Kogan, A. M. Slavgorodskaya, I. L. Smirnova) bilan Pyotr Grigorenkoni tekshirib, uning sog'lom ekanligini e'lon qildi.

Uch oy o'tgach, Grigorenko Serbskiy institutiga statsionar sud-psixiatriya ekspertizasiga yuborildi. U bilan birga Detengof Moskvaga chaqirildi, u yerda G. Morozov va D. Lunts unga bosim o‘tkazib, ekspertiza natijasini o'zgartirishni buyurishdi. Yu S. Savenko, bu stress keksa Detengofning o'limini tezlashtirganini aytgan[3][4].

Mukofotlari

tahrir

Uch marotaba Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.

Vafoti

tahrir

1973-yil 13-aprel kuni Toshkentda vafot etgan. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

tahrir