Feldmarshal (nem. Feldmarshall) – ayrim davlatlar armiyalaridagi oliy harbiy unvon. 1-marta XVI asrda Avstriya da, XVII asrda Prussiyada joriy qilingan. Rossiyada 1699-yilda „general Feldmarshal unvoni“ joriy etilib, 1917-yilda bekor qilingan. Feldmarshal mashhur harbiy va davlat arboblari, imperator xonadoni vakillari hamda baʼzi chet el harbiy arboblariga berilgan. Feldmarshal unvoni Buyuk Britaniya va boshqa baʼzi davlatlarda saqlangan.