Feleton-(fransuzcha.feuilleton-varaq,sahifa) - badiiy-publisistlik janr,dolzarb mavzuda yozilgan tanqidiy ruhdagi,ko'pincha hajviy-satirik yo'nalishdagi asar.Feleton atamasi publisistikaning ijtimoiy-siyosiy tanqir ruhidagi alohida janrini anglata boshlashi o'n to'qqizinchi asr oxirlariga to'g'ri keladi.Unga qadar feleton so'zi boshqa ma'noda ishlatilgan. "jurnal de deba" nomli Parij gazetasi 1800-yil 28-yanvar soniga qo'shimcha varaq ilova qiladi,keyincha bu gazetaning "feleton" nonli doimiy rubrikasi bo'lib qoladi.Shu nomli rubrika Yevropa matbuotida tez ommalashib,bu rubrika ostida nosiyosiy,norasmiy materiallar: e'linlar,moda yangiliklari,teatr taqrizlari,hikoya va hatto romanlar e'lon qilina boshladi.Jadid matbuotida ham shu nomli rubrika tashkil qilingan bo'lib,masalan, Cho'lponning "Qurboni jaholat","Do'xtir Muhammaddiyor" hikoyalari Sadoi Turkistonning feleton rubrikasi ostida chop etiladi.Bu hol adabiyotshunosligimizga Cho'lpon ushbu hikoyalari janrini feleton tarzida belgilagan degan noto'g'ri qarashning paydo bo'lishiga olib kelgan.

Adabiyotlar

tahrir

D.Quronov, Z.Mamajonov, M Sheraliyeva Adabiyotshunoslik lug'ati Toshkent-2013 akademnashr.346-bet