Fenomen
Fenomen (yun.: φαινόμενoν, φαίνω phainō — „koʻrsataman“) deb har qanday kuzatiladigan hodisaga aytiladi. Kundalik hayotda esa bu atama kamdan-kam kuzatiladigan gʻayrioddiy hodisani anglatadi. Atamani zamonaviy falsafaga Immanuel Kant kiritgan.
Fenomen (yun. phainomenon — sodir boʻluvchi) — 1) gʻayrioddiy, kamdankam boʻladigan hodisa, fakt; 2) his-tuygʻu orqali payqaladigan hodisani anglatuvchi falsafiy tushuncha. "Fenomen" atamasini Aristotel "koʻrinuvchi", "tuyuluvchi" maʼnosida ishlatgan. Leybnits esa bu soʻzni tajribadan maʼlum boʻlgan dalillarga nisbatan qoʻllagan. I. Kant fenomen tushunchasi yordamida mohiyatni hodisadan keskin ajratishga uringan va hodisani bilish mumkin, mohiyatni esa bilish mumkin emas deb hisoblagan (yana qarang Mohiyat va hodisa).
Yana qarang
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |