Ferdinand de Saussure (26-noyabr 1857 – 22-fevral 1913) — shveysariyalik tilshunos. Jeneva (1875), Leypsig, Berlin (1876—80) universitetlarida oʻqigan. Jeneva universitetining professori (1891-yildan). Saussurening birinchi asari hind-yevropa tillari vokalizmini oʻrganishda, tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning shakllanishi va rivojlanishida muhim rol oʻynagan boʻlsa, uning "Umumiy tilshunoslik kursi" (1916) XX asr Yevropa tilshunosligi rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan. Saussure birinchi boʻlib tilni muayyan tizim sifatida oʻrganishni taklif etdi, til lingvistikasi bilan nutq lingvistikasini, diaxroniya bilan sinxroniyani oʻzaro farqladi; tilshunoslikni semiologiya (semiotika) ning bir qismi deb hisoblab, lisoniy belgi tabiatini kashf etdi. Saussurening tilshunoslikdagi qarashlari Jeneva tilshunoslik maktabi vakillari Sh.Balli, A. Seshe asarlarida, fransuz sotsiologik maktabi namoyandalari A. Meye, J. Vandriyes va boshqalarning ilmiy ishlarida, strukturalizm kridalarida aks etgan. Yevropa strukturaviy tilshunosligi asoschisi sifatida Saussure tilshunoslikning, shuningdek, xorijiy semiotikaning ayrim yoʻnalishlari, antropologiya, adabiyotshunoslik va estetikaning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi.

Ferdinand de Saussure

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir