Ferganskaya pravda
Ferganskaya pravda (oʻzbekcha: „Fargʻona haqiqati“) – Fargʻona viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Rus tilida haftada 5-marta chiqadi. Dastlab „Znamya svobodi“ („Erk bayrogʻi“), „Shit naroda“ („Xalq qalqoni“), „Izvestiya“ („Axborot“), „Proletarskaya misl“ („Proletar fikri“), „Krasnaya Fergana“ („Qizil Fargʻona“), „Sovetskoye slovo“ („Sovet soʻzi“), „Znamya truda“ („Mehnat bayrogʻi“) nomlarida nashr etilgan. 1938-yildan hozirgi nomda nashr etiladi. Gazetaga turli davrlarda G. Pavlyuchenko, G. Vershinin, F. Doronin, B. Renev, Aleksandr Alyabyev va boshqa muxarrirlik qilishgan. 1993-yil 9-noyabrda „Ferganskaya pravda“ tahririyati „Fargʻona haqiqati“ gazeta tahririyatiga qoʻshildi. Gazeta Fargʻona viloyatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni keng yoritib boradi. Adadi 3 mingga yaqin (2004)[1] .
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |