Fibroma
(Fibroblastomadan yoʻnaltirildi)
Fibroma (fibrin va ... ota — oʻsma maʼnosini ifodalovchi qoʻshimcha), fibroblastoma — biriktiruvchi toʻqimadan yuzaga kelgan xavfsiz oʻsma. Tananing har qanday qismida uchraydi. Oʻsishiga koʻra, diffuz fibroma va chegaralangan fibroma farq qilinadi. Fibromaning manbai fibroblastlardir. Fibroma ning kechish davri va belgilari oʻsmaning oʻsish tezligi va joylanishiga bogʻliq. Ayrim vaqtlarda xavfli oʻsmaga aylanishi mumkin. Operatsiya yoʻli bilan davolanadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |