Fight Club (tarjimasi „Jang klubi“) – Chuck Palahniuk shu nomdagi romani asosida suratga olingan AQSh filmidir. 1999-yilda David Fincher tomonidan suratga olingan. Filmda bosh rollarni Brad Pitt, Edward Norton va Helena Bonham Carter ijro etgan.

Fight Club
Rejissyor(lar) David Fincher
Prodyuser(lar)
  • Art Linson
  • Ceán Chaffin
  • Ross Grayson Bell
Ssenariynavis(lar) Chuck Palahniuk
Rollarda
Bastakor(lar) Dust Brothers
Kinematografiya Jeff Cronenweth
Muharrir(lar) James Haygood
Studiya(lar)
  • Fox 2000 Pictures
  • Regency Enterprises
  • Linson Films
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 139 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh[2]
Til inglizcha
Byudjeti $63-65 million[1][3]
Daromadi $101,2 million[1]

Fight Club filmi AQShda $37 030 102, dunyo boʻylab esa $63 823 651, jami $100 853 753 miqdorida foyda koʻrgan[4]. Ushbu film 2000-yil Oscarning „Eng yaxshi ovoz effekti nominatsiyasi“ga nomzod sifatida koʻrsatilgan. 2001-yilning noyabrida ushbu nominatsiya boʻyicha mukofotga Brad Pitt sazovar boʻlgan[5]. Film qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatlardan soʻng uning muxlislari tomonidan maxsus kompyuter oʻyini ham ishlab chiqildi. Ammo bu foyda koʻrishga moʻljallangan faoliyat sifatida film ijodkorlari tomonidan tanqidga uchragan.

Mamzuni

tahrir

Chuck Palahniukning asari asosidagi bu filmda oʻzgacha fikr sohibi boʻlgan, shu bilan birga, avtomabil fermasida ishlab kelayotgan bir erkakning hayoti koʻrsatilgan. Barcha kabi odatiy hayot kechirib kelayotgan Jack xronik uyqusizlikdan aziyat cheka boshlaydi. Oilasi va yaqin doʻstlari boʻlmagan Jack doktorning tavsiyasi bilan saraton kasalligiga chalingan bemorlarning doimiy guruhiga qoʻshiladi. Bu yigʻilishlarga qatnab yurganda, Marla ismli bir qiz bilan tanishib qoladi. Marla Jack kabi kasal boʻlmasa ham bu kabi doimiy yigʻilishlarda ishtirok etib kelar edi. Jack va Marlaning munosabatlari faqat isteʼmolchiga aylanib qolgan jamiyatning illatlarini ochib beradi. Filmda Jack va u kabi yashab kelayotgan millionlab avlod vakillarining allaqachon „oʻlimga“ yuz tutgani ochib beriladi. Doimiy ish sayohatlarining biridan qaytib kelgan Jack uyining yonib kul boʻlganiga guvoh boʻladi. Bunday sharoitda kimsasiz Jack sayohat vaqtida tanishgan Taylerga qoʻngʻiroq qilishdan boshqa chora topa olmaydi. Ikkisi oʻtirib pivoxoʻrlik qilishganidan soʻng, Tayler Jackdan unga musht tushurishini soʻraydi. Ular oʻrtasida roʻy bergan janjal ikkisining ham hayotini oʻzgartirib yuboradi. Biroz vaqtdan keyin Jack Taylerning yoniga koʻchib oʻtadi. Tez orada Taylerning liderligida yangi jang klubi tashkil etiladi. Klub qoidalariga koʻra ularning soni ellik kishidan oshmasligi kerak edi. Bu yerga toʻplanadigan erkaklar har kecha jang uyushtirishni odat qiladi. Qisqa muddat ichida ommalashib ketgan bu jang klubi aʼzolari orasida Tayler goʻyo „yoʻqotilgan avlod“ vakillarining Masihiga aylanadi. Tayler va Jackning jamiyatda yuz berayotgan haqsizliklarga noroziligi koʻplab insonlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Kapitalizmga asoslangan jamiyatda oʻzini begona his qilgan insonlar bu klubga aʼzo boʻla boshlaydi va kun sayin „Jang klubi“ning aʼzolar soni ortib boradi. Bu vaqtga kelib, Jack Taylerning undan yashirincha „Qiyomat rejasi“ tuzganidan xabar topadi. Bundan tashqari, Taylerning Jackni yolgʻiz qoldirib ketishi uni qattiq dahshatga soladi. Taylerni topish uchun uchratishi mumkin boʻlgan barcha shaharlarni kezib chiqadi. Jack oʻzi borgan shaharlarining barchasida „Jang klubi“ning qanchalik ildiz otganiga guvoh boʻladi. Bu haqida politsiyaga aytib beradi. Ammo bu politsiyachilar ham „Jang klubi“ning aʼzosi boʻlib chiqadi. Film soʻngida „Qiyomat rejasi“ amalga oshadi. Ushbu rejaga koʻra, markaziy bank portlatib yuboriladi va shu tariqa millionlab insonlar oʻz hayotini qarzsiz boshlashi uchun zamin hozirlanadi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Fight Club. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  2. „Fight Club (1999)“. British Film Institute. 2015-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
  3. Fight Club. The Numbers. Nash Information Services, LLC. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  4. "Boxofficemojo.com Hasılat Detayları". 11 Kasım 2006 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 4 Eylül 2006.
  5. Fight club songs /ımdb. 12 Haziran 2021 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 17 Haziran 2021

Havolalar

tahrir