Fiksizm
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (Noyabr 2015) |
Fiksizm (lot. fi xus — qattiq, oʻzgarmas) — Yer yuzasida kontinetlarning qoʻzgʻalmas boʻlib joylashuvi haqidagi va Yer pusti rivojlanishida vertikal yoʻnalgan tektonik harakatlarning hal qiluvchi roli toʻgʻrisidagi tasavvurdan kelib chiqadigan tektonikayaagn 2 yoʻnalishning biri. 20-asrning 60-yillari oʻrtalarigacha, yaʼni mobilizm gʻoyasi yuzaga kelguncha F. geol.ning asosiy yoʻnalishi boʻlib kelgan. F. tushunchasi asosida, plita, platforma, antiklinoriy va boshqa terrigen materiallarning siljishi manbalari, chuqur yoriqlarning mavjudligi, bir rnning oʻzida bir tipli magmatizmning uzoq vaqt paydo boʻlishi tushuniladi. Yer yuzasidagi tektonik sharoitdagi asosiy farqlar, F. gʻoyasiga binoan, Yerning ichki qismi endogen rejimining farqlari bilan aniqlanadi. F. gʻoyasi mobilizmga teskari tushuncha hisoblanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |