Fillit
Fillit (yun. phyllon — varaqsimon) — seritsit yoki xloritning mayda tangachalaridan tarkib topgan, yupqa varaqsimon metamorfik togʻ jinsi. Fllit tarkibida chaqiq kvars donachalari va baʼzan, albitning yangi hosil boʻlgan kristallari mavjud. Rangi, odatda, toʻq kulrang yoki kora. Fillit gilli slanetslar va argillitlarning metamorfizmi jarayonida hosil boʻladi. Metamorfizm darajasi oshgan sayin, slyudali slanetslarga aylanib boradi. Fillitning seritsitli, xloritli turlari maʼlum. Oʻzbekistonda Qurama va Chatqol togʻlarida, Fargʻona jan.da, Qizilqumda, asosan, biotitli va xloritli fillitlar koʻp uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |