Finikiy tili
Finikiy tili — som tillarining xanaan guruxchasiga mansub va miloddan avvalgi 2—1 ming yillik — milodiy 1ming yillikda Finikiyada hamda Oʻrta dengiz soqillaridagi finikiy mustamlakamanzilgohlari (Kipr, Sitsiliya, Sardiniya, Messaliya, Ispaniya, Shimoliy Afrika)da tarqalgan (keyinchalik ulik) til. Finikiy tili Finikiyaning oʻzida milodiy II asrda isteʼmoldan chiqqan; Shimoliy Afrikada esa soʻnggi davr Finikiy tili (yangi puna tili) arablar istilosi davri (VIII asr)gacha saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 2 ming yillik oʻrtalaridan milodiy 2-asr gacha (Finikiya) va milodiy 3—4-asrlargacha (Oʻrta dengizning garbi) boʻlgan davrga mansub yozma yodgorliklar orqali maʼlum; dialektal jihatdan shimoliy finikiy, janubiy finikiy, kipr, puna lahjalariga boʻlinadi. Finikiy tilining morfologiyasi va leksikasi boshqa som tillariniki, xususan, ivritnikiga oʻxshash. Finikiy tili fonetikasining u mansub boʻlgan guruhchadagi boshqa tillardagidan oʻziga xos tomonlari bor. Umumsomiy 28 undoshdan, grafikasiga koʻra, 22 tasi saqlanib qolgan. Vokalizm (unlilar) sohasida ham anchagina farqlar boʻlgan.[2]
Finikiy tili | |
---|---|
Mamlakatlar | Finikiya |
Alifbosi | Finikiy yozuvi |
Til kodlari | |
ISO 639-2 | phn[1] |
ISO 639-3 | phn[1] |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |