Finlar
Finlar (oʻzlarini suomalayset deb atashadi) – xalq, Finlandiyaning asosiy aholisi (4,65 mln. kishi), umumiy soni 5,43 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), jumladan, Rossiya Federatsiyasi da 47,1 ming kishi (1989). Fin tilida soʻzlashadi. Dindorlari – protestantlar (lyuteranlar). Boltiqboʻyi fin xalklarining ajdodlari Finlandiyaning jan. ga miloddan avvalgi 3ming yillikda kelib joylashgan. Ular astasekin shim.ga siljib, hozirgi saamlar (loparlar) ajdodlarini siqib chiqarishgan. Jan.garbiy (sumi yoxud suomi), markaziy (yemi – yoxud xyame), sharqiy (korela yoxud karyala qabilalari gʻarbiy guruhi) qabila guruxlarining birlashuvi negizida fin elati shakllangan. F.ning koʻpchiligi sanoatda band.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |