Finntroll
Finntroll — Finlandiyaning Helsinki shahridan kelib chiqqan folk metal guruhi. Finntroll qoʻshiqlari nuqul shved tilidadir (fin tilidagi „Madon Laulu“ ashulasidan tashqari). Guruh aʼzolari fikricha, shvedcha „troll“ tiliga oʻxshab ketadi, shuning uchun shu tilni tanlashgan.[1] Guruh musiqachilari Vreth va Skrymer aytishicha, ular Finntroll degan nomni shved ruhoniylarini goʻyo oʻldirgan yovvoyi odam haqidagi qadimiy fin afsonasidan olishgan.
Finntroll | |
---|---|
Finntroll Metaltown festivalida (Shvetsiya, 2008) | |
Umumiy maʼlumot | |
Mamlakat | Finlandiya |
Faoliyat yillari | 1997-bugun |
Janr |
Viking metal folk metal black metal |
Leybl |
Spinefarm Century Media |
Tarkib |
Mathias „Vreth“ Lillmåns Samuli „Skrymer“ Ponsimaa Mikael „Routa“ Karlbom Sami „Tundra“ Uusitalo Samu „Beast Dominator“ Ruotsalainen Henri „Trollhorn“ Sorvali Aleksi „Virta“ Virta |
Sobiq aʼzolar |
Tapio Wilska Jan "Katla" Jämsen |
Vebsayt | www.finntroll.net |
Finntroll qoʻshiqlari yurtlariga kirib kelgan xristian bosqinchilariga qarshi kurash olib borgan qahramonlar haqidagi fin xalq ertaklari va afsonalari mavzusidadir. Guruhning birinchi uchta albomida Aamund va Kettil ismli ruhoniylarning fin qiroli Rivfader bilan olishuvi haqida kuylanadi.
Tarkibi
tahrirFinntroll hozirgi aʼzolari:
- Mathias "Vreth" Lillmåns – vokal
- Samuli "Skrymer" Ponsimaa – gitara
- Mikael "Routa" Karlbom – gitara
- Sami "Tundra" Uusitalo – bass
- Samu "Beast Dominator" Ruotsalainen – dovul
- Henri "Trollhorn" Sorvali – klavish
- Aleksi "Virta" Virta - klavish
Diskografiya
tahrir- Midnattens widunder — „Yarimkecha maxluqlari“ (1999)
- Jaktens tid — „Ov payti“ (2001)
- Visor om slutet — „Oxirat haqida qoʻshiqlar“ (2003)
- Nattfödd — „Tunda tugʻilgan“ (2004)
- Ur jordens djup — „Yer qaʼridan“ (2007)
- Nifelvind — „Jahannam shamoli“ (2010)
- Blodsvept — (2013)
- Vredesvävd — (2020)
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2017-02-21 sanasida arxivlangan)
- Finntroll Facebook sahifasi
Wikimedia Commonsda Finntroll mavzusiga oid fayllar bor. |